date

Kartoshka-fri diabet xavfini sezilarli oshirar ekan

Kartoshka-fri diabet xavfini sezilarli oshirar ekan

Garvard universiteti olimlari kartoshkani tayyorlash usuli bilan 2-toifa diabet paydo bo‘lish ehtimoli o‘rtasida bevosita bog‘liqlikni aniqlashdi. Tadqiqot 37 yil davom etgan bo‘lib, uning yakunida 22 mingdan ortiq diabet holati qayd etildi.

Ma’lum bo‘lishicha, bemorlarning aksariyati fast-fud va kartoshka-frini tez-tez iste’mol qiluvchilardir. Haftasiga besh yoki undan ko‘p marta kartoshka-fri yegan odamlarda diabetga chalinish xavfi o‘rtacha 27 foizga yuqori bo‘lar ekan.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, kartoshkaning o‘zi zararli emas. Ammo yuqori haroratda pishirilganda unda xavfli akrilamid moddasi hosil bo‘ladi. Yog‘da qovurish esa kartoshkani salomatlikka xavfli trans yog‘lar bilan to‘ydiradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Kartoshka-fri diabet xavfini sezilarli oshirar ekan