Indoneziyaning Sragen shahrida 365 kishi bepul maktab tushligidan keyin zaharlanish alomatlari bilan kasal bo‘ldi. Mahalliy hokimiyat ovqat namunalarini tekshirish uchun dastur faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi.
Prezident Prabovo Subianto tashabbusi bo‘lgan bepul ovqat dasturi mamlakatdagi bolalarda o‘sish sustligini kamaytirish uchun joriy etilgan. 28 milliard dollarlik loyiha mamlakat bo‘ylab 80 million o‘quvchini ovqat bilan ta’minlaydi. Ammo bu kabi zaharlanish holatlari dastur xavfsizligiga bo‘lgan ishonchni kamaytirmoqda.
Zaharli taom tarkibida sariq guruch, qovurilgan tuxum, bodring salati va sut bo‘lgan. Ular markaziy oshxonada tayyorlanib, bir nechta maktablarga tarqatilgan. Hukumat tibbiy xarajatlarni to‘liq qoplashini bildirdi.
Rasmiylar dastur bo‘yicha qat’iyroq gigiyena talablarini joriy qilish kerakligini ta’kidlashmoqda. Shu paytgacha dastur ishga tushganidan beri mamlakat bo‘ylab mingdan ortiq odam zaharlanish alomatlari bilan shifoxonaga murojaat qilgan.
Bepul ovqat dasturi moliyaviy bosimga ham sabab bo‘ldi. Uni moliyalashtirish uchun bir nechta vazirliklarning byudjeti kesildi. Shu sababli ayrim fuqarolar norozilik namoyishlariga chiqib, hukumatdan dastur xavfsizligi va moliyaviy barqarorligini ta’minlashni talab qilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar