date

AI psixozi: odamlar chatbot bilan haqiqatni unutmoqda

AI psixozi: odamlar chatbot bilan haqiqatni unutmoqda

Microsoft'ning AI bo‘yicha yetakchisi Mustafo Sulaymonning ta’kidlashicha, insonlar orasida "AI psixozi" deb ataladigan holatlar ko‘payib bormoqda. Bu haqda Pravilamag nashri yozmoqda.

Uning aytishicha, odamlar sun’iy intellektga me’yordan ortiq qiziqib, unga sog‘lom bo‘lmagan darajada bog‘lanishmoqda. Bunday vaziyatdagi shaxslar AI ongli ekaniga, hatto ular bilan ishqiy munosabatda bo‘layotganiga ishonib qolishi mumkin. Ayrimlar hatto turli glyutsinatsiyalarni ham boshdan kechiradi.

Sulaymonning ta’kidlashicha, bunday xavf faqat ruhiy kasallikka moyil odamlardagina emas, balki barqaror sog‘lom insonlarda ham kuzatilishi mumkin. Uning so‘zlariga ko‘ra, "AI psixozi" rasman tibbiy atama sifatida e’tirof etilmagan, ammo bu ibora ChatGPT yoki Grok kabi chatbotlar bilan muloqot paytida real hayotdan uzilib qolish holatini ifoda etish uchun tobora ko‘proq qo‘llanilmoqda.

Tibbiy tasvirlash mutaxassisi doktor Syuzan Shelmerdin esa yaqin yillarda shifokorlar bemorlardan qanchalik tez-tez sun’iy intellektdan foydalanishi haqida ham so‘rab, uni chekish va ichish odatlari qatoridan joy olishi mumkinligini ta’kidladi.

Shu bilan birga, ayrim foydalanuvchilar ChatGPT endi ular bilan “do‘st” bo‘lishni istamasdan, ishqiy munosabatlarni uzib qo‘yganidan shikoyat qilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » AI psixozi: odamlar chatbot bilan haqiqatni unutmoqda