date

Аллергиядан диета орқали қутулиш имкони борми?

Аллергиядан диета орқали қутулиш имкони борми?

Allergiya — bu tashqi muhitdan organizmga kirgan moddalarga immun tizimining kutilmagan, sezgirlik bilan javob berishidir. Bu moddalarga “allergenlar” deyiladi va ular ko‘pincha zararsiz hisoblanadi. Ammo ayrim odamlarda immunitet ularni tahdid sifatida qabul qiladi va kurashishga urinadi.

Gulchanglarga allergiya keng tarqalgan bo‘lib, u asosan bahor va yoz oylarida kuzatiladi. Bu holat “baxor tumovi” deb ham ataladi. Ko‘z qichishishi, burin bitishi, tez-tez aksirish, yo‘tal va holsizlik asosiy belgilari sanaladi.

Shu kabi allergik reaksiyalar ba’zi ovqatlar, hayot tarzi va gigiyena bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. Shu bois, sog‘lom ovqatlanish nafaqat umumiy immunitetni yaxshilaydi, balki allergik holatlarni ham nazorat qilishda muhim rol o‘ynaydi.

Ba’zi parhezlar — masalan, qand miqdori kam, antioksidantlarga boy ovqatlar — organizmda yallig‘lanishni kamaytiradi. Bundan tashqari, ovqatdagi omega-3 yog‘ kislotalari, probiotiklar va vitamin S moddalari allergiya bilan bog‘liq muammolarni yengillashtirishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Аллергиядан диета орқали қутулиш имкони борми?