Gazli ichimliklar ko‘pchilikning sevimli ichimligi bo‘lsa-da, ular sog‘liq uchun xavfli hisoblanadi. Ularning tarkibida juda ko‘p shakar bo‘lib, bu semirish va qandli diabetga olib kelishi mumkin.
Bunday ichimliklarni tez-tez ichish tishlarga ham zarar qiladi. Shakar va kislotalar tish emalini yemirib, karies paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
Gazli ichimliklarda mavjud fosfor kislotasi suyaklarni zaiflashtiradi. Ayniqsa bolalar va o‘smirlar uchun bu kelajakda katta muammolarga olib kelishi mumkin.
Shuningdek, gazlar hazm jarayonini buzadi, qorin dam bo‘lishi va bezovtalikka sabab bo‘ladi. Kofeinli ichimliklar esa uyqu sifatini yomonlashtiradi.
Shifokorlar gazli ichimliklardan voz kechib, o‘rniga oddiy suv yoki tabiiy sharbat ichishni tavsiya etishadi. Bu sog‘liqni saqlashning eng yaxshi yo‘lidir.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar