Angliya hukumati 16 yoshgacha bo‘lganlarga energetik ichimliklar sotishni taqiqlamoqchi. Qonun qabul qilinsa, Red Bull, Monster va Prime kabi ichimliklarni bolalar do‘kon, kafe, restoran yoki onlayn savdolarda sotib ololmaydi.
Mutaxassislarning aytishicha, Britaniya bolalarining uchdan biri har hafta bunday ichimliklarni iste’mol qiladi. Ba’zi ichimliklarda ikki chashka qahvadan ham ko‘p kofein bor. Bu uyqusizlik, bosh og‘rig‘i va yurak muammolariga sabab bo‘lishi mumkin.
Sog‘liqni saqlash vaziri Ues Striting ota-onalar va o‘qituvchilardan ko‘plab shikoyatlar kelgani uchun hukumat chora ko‘rayotganini aytdi. Shakarli energetik ichimliklar esa bolalarda semizlik va tish kasalliklarini kuchaytirishi mumkin.
Yangi qonun bo‘yicha 12 haftalik maslahatlashuv o‘tkaziladi. Rasmiy sana hali belgilanmagan, ammo taqiq tez orada kuchga kirishi kutilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!