date

Sholg‘om ba’zi bemorlar uchun xavfli sabzavot bo‘lishi mumkin

Sholg‘om ba’zi bemorlar uchun xavfli sabzavot bo‘lishi mumkin

Sholg‘om – azaldan tabiiy shifo manbai sifatida qadrlangan sabzavotlardan biri hisoblanadi. U nafaqat ta’mi bilan, balki organizm uchun foydali moddalarga boyligi bilan ham ajralib turadi. Bugungi kunda sholg‘om sog‘lom ovqatlanish tarafdorlari orasida tobora ommalashmoqda, chunki u turli vitamin va minerallarga boy bo‘lib, bir qator kasalliklar profilaktikasida foydalanadi.

Sholg‘om tarkibida A, C va B guruhi vitaminlari, shuningdek, kalitsiy, magniy, temir va fosfor kabi elementlar mavjud.C vitaminining yuqori miqdori tufayli, u immunitetni mustahkamlash, yallig‘lanishlarga qarshi kurashish va virusli kasalliklarning oldini olishda samarali hisoblanadi.

Biroq, sholg‘omning ba’zi holatlarda zarari ham kuzatilishi mumkin. Ayniqsa, oshqozon yarasi, gastrit yoki oshqozon shilliq qavatining yuqori sezuvchanligi bilan bog‘liq muammolar bor odamlar undan ehtiyotkorlik bilan foydalanishlari kerak. Ushbu sabzavot me’da kislotasini oshirishi va bezovtalik keltirib chiqarishi mumkin.

Qandli diabet bilan og‘riganlar ham sholg‘omni miqdorga rioya qilgan holda iste’mol qilishlari zarur. Uning ayrim navlari qand miqdorini oshirish xususiyatiga ega bo‘lib, bu esa diabet bilan og‘rigan insonlar uchun salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu sababli, shifokor tavsiyasisiz sholg‘omni doimiy ravishda ratsionga qo‘shmaslik kerak.

Xulosa qilib aytganda, sholg‘om to‘g‘ri va miqdorda iste’mol qilinganda salomatlik uchun tabiiy vosita sifatida foyda keltiradi. U sog‘lom ovqatlanishning ajralmas qismiga aylanishi mumkin, biroq mavjud tibbiy holatlarga qarab ehtiyotkorlik bilan yondashish talab etiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Sholg‘om ba’zi bemorlar uchun xavfli sabzavot bo‘lishi mumkin