Eshitish qobiliyatining pasayishi yoki to‘liq yo‘qolishi nafaqat to‘g‘ridan to‘g‘ri kasalliklar, balki kundalik hayotda yo‘l qo‘yiladigan xatolar tufayli ham ro‘y berishi mumkin. Odamlar o‘zi bilmagan holda qulog‘iga zarar yetkazishi va doimiy eshitish muammolariga duch kelishi mumkin. Shu haqda Gazeta.Ru nashriga intervyu bergan otorinolaringolog, vrach-LOR mutaxassis Polina Vashkevich juda muhim ma’lumotlarni bayon qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, quloqlarni paxta tayoqchalari bilan chuqur tozalash eshitish qobiliyatiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. "Bemorlar paxta tayoqchalaridan foydalanganda, ular faqatgina quloq kanalini emas, balki tovush to‘lqinlarini qabul qiluvchi eng nozik tuzilma — quloq pardasini ham osonlikcha shikastlashlari mumkin", – dedi shifokor.
Quloq pardasining shikastlanishi yoki teshilishi, ko‘p hollarda doimiy eshitish yo‘qotilishiga olib keladi. Ba’zi bemorlarda bu holat faqat shifokor ko‘magida tiklanadi, lekin ayrimlar uchun bu shikastlanish barqaror nogironlikka aylanishi mumkin. Paxta tayoqchalari, avvalo, gigiyena vositasi emasligi, balki kosmetik vosita ekani qayd etildi.
Paxta tayoqchalari quloqqa zarar berib, eshitishga ta'sir qilishi mumkinmi?
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar