date

Ozib ketgan bemorlarni yangi muammo qiynamoqda

Ozib ketgan bemorlarni yangi muammo qiynamoqda
So‘nggi yillarda ozishga yordam beruvchi ukollar keng tarqalmoqda. Ozish uchun qo‘llaniladigan ayrim dori vositalari qisqa muddatda ortiqcha vazndan xalos bo‘lishga yordam beradi. Ammo ko‘plab odamlar endi kutilmagan oqibat – bo‘shashgan teri muammosidan aziyat chekmoqda.

Mutaxassislarning aytishicha, tez ozganda teri o‘z holiga qaytmaydi va son, qorin, qo‘l hamda bo‘yinda osilib qolishi mumkin. Bu nafaqat tashqi ko‘rinish uchun noqulay, balki ayrim hollarda terining tirnashi va yallig‘lanishiga ham olib keladi.

Shifokorlar mushaklarni kuchaytirish, maxsus kremlar yoki qo‘shimchalar yordam berishi mumkinligini aytmoqda. Lekin sezilarli natijaga erishish uchun eng samarali usul – jarrohlik yo‘li bilan ortiqcha terini olib tashlashdir. Bunday operatsiyalar esa qimmat bo‘lgani sababli hamma ham bunga jur’at eta olmaydi.

Ba’zi bemorlar arzonroq operatsiya uchun chet elga borishga majbur bo‘lmoqda, biroq bu ham xavfli bo‘lishi mumkin. Shifokorlar esa bunday qarorlarni shoshmasdan, maslahatlashgan holda qabul qilishni tavsiya etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Ozib ketgan bemorlarni yangi muammo qiynamoqda