Yuqori qon bosimi belgilarini o‘z vaqtida bilib oling

Salomatlik1 daqiqa o'qish2.7K
Yuqori qon bosimi belgilarini o‘z vaqtida bilib oling

Yuqori qon bosimi belgilarini o‘z vaqtida bilib oling
Gipertoniya yoki yuqori qon bosimi – ko‘p hollarda alomatsiz kechadigan, ammo organizmga jiddiy zarar yetkazadigan kasallik hisoblanadi. Odatda qon bosimi 180/110 mm. simob ustunidan oshmagunicha u sezilarli belgilari bilan bilinmasligi mumkin. Biroq qon bosimi uzoq vaqt davomida yuqori bo‘lsa, u turli a’zolarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Keng tarqalgan alomatlar orasida tez-tez hojatga chiqish, ayniqsa kechasi uyg‘onish, ko‘rishning xiralashishi yoki ikki xil ko‘rish, oyoqlarda shish paydo bo‘lishi kuzatiladi. Shuningdek, nafas qisishi, tez charchash, zaiflik, bezovtalik, burundan qon ketishi ham yuqori qon bosimining ko‘rinishlaridan biri bo‘lishi mumkin. Yurak urishining notekisligi, og‘riq sezilishi, bosh aylanishi va bosh og‘rig‘i ham gipertoniyadan darak beradi.

Gipertoniyaning sabablari turlicha bo‘lib, ular orasida genetik omillar va tashqi muhit ta’siri yetakchi hisoblanadi. Birinchi darajali qarindoshlarida gipertoniya bo‘lgan odamlarda kasallikka chalinish ehtimoli yuqori.

Eng ko‘p uchraydigan sabablar qatorida haddan tashqari tuzli ovqatlarni iste’mol qilish, qon tomirlarining torishi, buyrak kasalliklari, qandli diabet, qalqonsimon bez muammolari, yurakdagi aorta chiqish yo‘lining torligi, gormonal buzilishlar, shuningdek, buyrak o‘smalari kabi holatlar qayd etiladi.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?