Olimlar olib borgan keng ko‘lamli tadqiqot og‘iz gigiyenasining ahamiyatini yana bir bor isbotladi. 122 mingdan ziyod odam haqidagi ma’lumotlar tahlil qilinganda, og‘iz bo‘shlig‘idagi mikroblar tarkibi oshqozon osti bezi saratoni xavfi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq ekani aniqlangan.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, saraton tashxisi qo‘yilgan bemorlarning tupugidan 27 xil bakteriya va zamburug‘ turi topilgan. Bu esa kasallikka chalinganlik ehtimolini uch baravardan ham ko‘proq oshiradi.
Shifokorlar og‘iz mikroblari so‘lak orqali oshqozon osti beziga kirib, yallig‘lanish jarayonlarini keltirib chiqaradi, deb hisoblaydi. Aynan shu holat xavfli o‘smalar rivojiga yo‘l ochishi mumkin.
Mutasaddilarning ta’kidlashicha, kundalik tish parvarishi nainki og‘iz bo‘shlig‘i sog‘ligi, balki umumiy salomatlik uchun ham muhim. Muntazam ravishda tish yuvish nafaqat kariyes va yallig‘lanishdan himoya qiladi, balki oshqozon osti bezi saratonini ham oldini olishda samarali yo‘l hisoblanadi.
Ekspertlar insonlarga ertalab va kechqurun kamida ikki marta tish yuvishni, shuningdek, tish ipidan va og‘iz chayish vositalaridan foydalanishni tavsiya qilmoqda.