Yangi hisobotga ko‘ra, dunyoda har uchinchi o‘lim yurak-qon tomir kasalliklari bilan bog‘liq. Tadqiqot 1990–2023 yillar oralig‘ida 204 mamlakatda to‘plangan ma’lumotlar asosida tayyorlangan.
1990 yilda yurak va qon tomir kasalliklari sabab 13,1 million kishi hayotdan ko‘z yumgan bo‘lsa, 2023 yilga kelib bu raqam 19,2 millionga yetdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ko‘pchilik mintaqalarda erkaklar o‘lim darajasi ayollarga nisbatan yuqoriroq.
Yurak-qon tomir kasalliklari DALY ko‘rsatkichi — sog‘lom hayot yillarining yo‘qotilishiga eng ko‘p ta’sir etuvchi omil hisoblanadi. Bunga bevaqt o‘lim yoki nogironlik asosiy sabab bo‘lmoqda.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, ushbu kasalliklarning oldini olish mumkin. Semizlik, yuqori qon bosimi, qand va xolesterin miqdorining ko‘tarilishi — xavfning asosiy omillari.
To‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollik va muntazam shifokor ko‘rigidan o‘tib turish yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanish ehtimolini sezilarli darajada kamaytiradi.
Dunyoda har uchinchi o‘limga yurak-qon tomir kasalliklari sababchi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar