Olimlar dorilarsiz qon bosimini qanday tushirish usulini topdi

Surrey universiteti olimlari choy, qora shokolad, olma va uzum tarkibidagi flavan-3-ollar qon bosimini pasaytirishga yordam berishi mumkinligini aniqladi. 145 ta randomizatsiyalangan tadqiqot tahlili bu birikmalar, ayniqsa, qon bosimi yuqori bo'lgan insonlarda muhim rol o'ynashini ko'rsatdi. Flavan-3-ollar qon tomirlarining ichki qatlami — endoteliy faoliyatini yaxshilashi va ayrim holatlarda ta'siri dorilarnikiga yaqin bo'lishi ma'lum bo'ldi.
Surrey universiteti olimlari o‘tkazgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, choy, qora shokolad, olma va uzum kabi mahsulotlarni muntazam iste’mol qilish qon bosimini pasaytirishga yordam berishi mumkin.
Mutaxassislar bu ta’sir ushbu mahsulotlar tarkibida mavjud bo‘lgan flavan-3-ollar nomli tabiiy moddalar bilan bog‘liq ekanini ta’kidlamoqda. Kakao, choy, turli mevalar va rezavorlarda uchraydigan ushbu birikmalar yurak-qon tomir tizimi uchun ijobiy ahamiyatga ega.
Olimlar 145 ta randomizatsiyalangan tadqiqot natijalarini tahlil qilar ekan, flavan-3-ollar, ayniqsa, qon bosimi yuqori bo‘lgan insonlarda bosimni tushirishda muhim rol o‘ynashini aniqlagan. Ayrim holatlarda esa uning samarasi hatto dorilar ta’siriga yaqin bo‘lgan.
Tadqiqot jarayonida ushbu moddalar qon tomirlarining ichki qatlami — endoteliy faoliyatini yaxshilashi ham ma’lum bo‘ldi. Bu esa flavan-3-ollar qon bosimidan qat’iy nazar, umumiy salomatlik uchun ham foydali ekanini ko‘rsatadi.
Olimlarning qayd etishicha, flavan-3-ollar dori vositalarining o‘rnini bosmaydi. Biroq ularni muvozanatli ovqatlanish tarkibida me’yorda iste’mol qilish yurak salomatligini qo‘llab-quvvatlashda qo‘shimcha foydali omil bo‘lishi mumkin.






























Izohlar 0
…