18:37 / 10.04.2017
11 657

Eriydigan qahva: foydami yoki zarar?

Eriydigan qahva: foydami yoki zarar?
Qahva ishqibozlarini bir savolning javobi juda qiziqtiradi: yanchilgan qahva foydalimi yoki eriydigan qahvami? Eriydigan qahvaning aniq ko‘rinib turgan afzalligi shundaki, u arzon, tez va oson tayyorlanadi, deb yozadi "Daryo.uz" nashri. Uning ijobiy tomonlari faqat shumi?
Eriydigan qahva va xolesterin

Garvarddagi milliy sog‘liqni saqlash maktabi professori R. Dammning fikricha, eriydigan qahva tarkibida yanchilgan qahvaga qaraganda kafestol kamroq bo‘ladi. Kafestol — xolesterin miqdorini oshirish xossasiga ega bo‘lgan modda.

Zaharli komponentlar

Eriydigan qahva tarkibida yuqori miqdorda laboratoriya jonivorlarida saratonning rivojlanishini ta’minlaydigan akrilamid kimyoviy moddasi mavjud. Bundan tashqari, akrilamid asab tolalarining shikastlanishiga ham olib kelishi mumkin.

Tarkibidagi kofein

Kofein eriydigan qahvada yanchilgan qahvaga qaraganda kamroq bo‘ladi. Aniq sonini quti ustidagi yozuvdan topishingiz mumkin. O‘rtacha olganda, 1 choy qoshiq eriydigan qahva tarkibida 27 mg kofein bo‘lsa, yanchilgan qahvaning xuddi shunchasida esa bu daraja 95 mg gacha etadi.

Gallyusinasiya

Darem universiteti olimlari tomonidan 2009 yilda o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, bir kunda 7 piyola va undan ortiq miqdorda eriydigan qahva ichuvchilarda gallyusinasiya xavfi keskin oshib ketar ekan. Bunga sabab qondagi kofeinning oshishi natijasida ishlab chiqariladigan stress gormoni hisoblanuvchi kortizol bo‘lishi ham mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Eriydigan qahva: foydami yoki zarar?