Tuz iste’molining yangi me’yori belgilandi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tuz iste’moli haqidagi yangi tavsiyalarini e’lon qildi.
Ma’lumki, ortiqcha tuz iste’moli oqibatida gipertoniya, yurak kasalliklari va insult kelib chiqishi mumkin.
Endilikda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti kuniga 2000 milligrammdan kam tuz iste’mol qilishni tavsiya etmoqda, avvalgi me’yor 2000 mg edi. Bundan tashqari, tashkilot mutaxassislari har kuni 3510 milligramm kaliy iste’mol qilish kerakligini ham aytishmoqda.
Odatda taomlarda tuzning ortiqligi va kaliyning tanqisligi kuzatiladi. Kaliy dukkaklilar, yong‘oq, ismaloq, karam va bananda bor.
Sharbatlardan ehtiyot bo‘ling!
Oshqozon-ichak yo‘lining surunkali kasalliklaridan aziyat chekayotgan odamlarga sabzavot yoki mevali sharbatlarni, giyohli suvlarni har qanday go‘shtli yoki mineral suv qo‘shilgan taomlar bilan birga iste’mol qilish mumkin emas.
Ayniqsa, uglevodlarga boy sharbatlarni qabul qilgan vaqtning o‘zidayoq yoki ovqatlangandan keyin ichaklar g‘alayon ko‘tarishi va kasallikning xuruji kuchayishi mumkin. Oshqozon kislotaliligi pasayganda yoki me’yorda bo‘lganida ovqatlanishdan 30-40 daqiqa oldin sharbat ichish mumkin, biroq kislotalilik oshganda, albatta, ovqatlanishdan 1-1,5 soat keyin ichish zarur.
Xurrakning davosi
Odam nega xurrak otadi? Xurrak otishga ko‘pincha burun-xalqum tuzilishidagi o‘ziga xos tug‘ma xususiyatlar yoki surunkali yallig‘lanish kasalliklari: tumov, gaymorit, tonzillit, shuningdek, burun poliplari va adenoidlar sabab bo‘ladi. Bunda yumshoq tanglay va lakluk yallig‘lanadi hamda bir muncha qalin tortadi, burun-halqumga kirish yo‘li torayadi va unda manfiy bosim hosil bo‘ladi.
Uyquda og‘izdan nafas olganda havo og‘izdan burun-halqumga o‘ta turib yumshoq tanglayni tebratadi, natijada odam xurrak otadi.
Xurrak otmaslik uchun quyidagi oddiy tadbirni qo‘llab ko‘ring: kechqurun yotishdan oldin gazlamani yostiqcha shaklida bir necha qavat qilib qattiqroq qilib buklab oling-da, ensaga qo‘ying, ustidan doka bilan boshingizni qo‘shib bog‘lang. Shunday qilsangiz, chalqancha yotolmaysiz, yonboshlab olishga majbur bo‘lasiz.
Agar bu usul ham yordam bermasa, vrach maslahatiga quloq tuting. Burundan normal nafas olishni tiklash uchun ba’zan operasiya qilishga to‘g‘ri keladi. Biroq bunda fizioterapevtik muolajalar (mexanik mikromassaj, issiqlik ta’siri) ham yaxshi yordam beradi. Ana shundan keyin yumshoq tanglay va lakluk hajmi normallashib qoladi, kishi burundan erkin nafas ola boshlaydi va xurrakdan qutuladi.
Xalq tabobati: gaymorit
– Erqalampir (xren) ildizini cho‘tka bilan yaxshilab yuvib, blender yoki mayda qirg‘ichdan chiqaring. O‘rtacha kattalikdagi bitta limonni cho‘tka bilan obdon yuvib, maydalang yoki go‘shtqiymalagichdan o‘tkazing. Ikki osh qoshiq qirg‘ichdan chiqarilgan erqalampir va limonning hammasini yaxshilab aralashtiring. Ertalab va kechasi hosil bo‘lgan massadan 1 osh qoshiqdan og‘izga solib, sekin va uzoq vaqt chaynang. Bu sizga yoqmasligi, tabiiy. Biroq ikki hafta davomida chidashga to‘g‘ri keladi. Resept oshqozon-ichak yo‘li yara kasalliklarida taqiqlanadi.
3 ta aloe va 3 ta kalanxoe bargini yuvib, suvini siqib oling. 1 choy qoshiq asal va ozroq tuz qo‘shing. Asal va tuz eriguncha obdon aralashtiriladi. 2-3 qavat dokadan o‘tkazing. Shunda erimagan tuz kristallari o‘tmaydi (ular burun shilliq qavatini kuydirib qo‘yishi mumkin). Ertalab va kechasi burunga 2-3 tomchidan 2-3 marta tomizing.
Manba: Soglom.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi