Tabiatda mog‘orning 200 ming turi bor, ularning ba’zilari inson hayoti uchun juda xavfli. Mog‘orning organizmga tushishi nimalarga olib kelishi va bundan qanday himoyalanish haqidagi video "Layfxaker"da taqdim etildi.
Mog‘or nima va u insonga qanday ta’sir ko‘rsatadi? Endi mog‘orlayotgan mahsulotni iste’mol qilish mumkinmi? Qanday turdagi mog‘or halokatgacha olib keladi?
Mog‘or hamma erda bo‘lishi mumkin - Arktika muzliklarida, Chernobil bunkerida, ochiq kosmos sharoitlarida va ehtimol, hozir iste’mol qilayotgan noningizda... Mog‘or - bu organik tanalar yuzasida paydo bo‘ladigan va mahsulotlarning buzilishini keltirib chiqaradigan mikroskopik qo‘ziqorin. Mog‘orning 200 ming turi bo‘lib, uning 50 ming turi inson uchun xavfli hisoblanadi. Mog‘orning o‘zi emas, undan ajralib chiqadigan zararli moddalar - mikotoksinlar katta xavf keltirib chiqaradi.
Organizmga tizimli ravishda mog‘orning kelib tushishi jigar va buyraklar faoliyatini yomonlashtiradi. Shuningdek sinusit, bronxit, astma, hujayralar mutasiyasi va eng yomoni, onkologik kasalliklarni keltirib chiqaradi. Shuningdek mog‘or ekzema, dermatit kabi teri kasalliklariga ham sabab bo‘lishi mumkin.
Ogoh bo‘ling: sariq mog‘or keltirib chiqaruvchi aflotoksinlar o‘ta xavfli hisoblanadi. Manbalar - baliq, sut mahsulotlari va yong‘oqlar. Uning kichik dozasi ham insonlarni intoksikasiyaga va hatto o‘limgacha olib kelishi mumkin. Zaharlanmaslik uchun mog‘orli oziq-ovqat mahsulotlarini umuman emaslik kerak. Mahsulotning faqatgina mog‘orlagan qismini olib tashlab, xavfni bartaraf etdim deb o‘ylamang, u butun mahsulot bo‘ylab ildiz otib bo‘lgan bo‘ladi.
Havoda ham mog‘or manbalari bo‘lishi mumkin va undan hech kim himoyalanmagan.
Shu bois muntazam ravishda immunitetni mustahkamlab borish kerak. Shuningdek oziq-ovqat mahsulotlarini doimo muzlatgichda saqlash va ularni tozalab turish tavsiya etiladi.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)