Abu Ali ibn Sino “Tib qonunlari”da qizilcha (qizil lavlagi)ning foydali xususiyatlariga baho berarkan, “u jigar va taloqdagi zararli tiqinlarni ochuvchi, buyrak va qovuq kasalliklarida hamda bavosilda shifo berguvchidir” deya yozadi. Ulug‘ hakimning ta’kidlashicha, qizilcha bargi bo‘g‘im og‘rig‘i va yara-chaqalarni davolashda ishlatiladi, siqib olingan suvi sochdagi qazg‘oqni ketkazadi, yuzdagi husnbuzarni davolaydi, sepkilni yo‘qotadi.
IMMUNITETNI MUSTAHKAMLAYDI
Ilgari qizil lavlagidan faqat dori sifatida foydalanishgan ekan. Hozirgi zamon olimlari esa uning salomatlik va uzoq umr ko‘rishga katta ta’sir ko‘rsatadigan mo‘’jizakor ne’mat ekanligini tasdiqlamoqdalar.
Tarkibidagi vitamin A va vitamin R tomirlarni qayishqoq va mayin qiladi, yurak-tomir kasalliklari, ayniqsa gipertoniya rivojlanishining oldini oladi. Lavlagida betain degan organik modda bor, u qondagi xolesterin darajasini pasaytiradi, jigar ishini me’yorlashtiradi. Bu ne’mat tarkibidagi vitamin S organizmning infeksion va shamollash kasalliklariga qarshilik kuchini oshirib, immunitetning mustahkamlanishida ko‘maklashadi.
QON IShLAB ChIQARIShDA IShTIROK ETADI
Lavlagida folat kislota mavjud. U qon yaratilishi uchun zarur bo‘lib, eritrositlar, leykositlar va trombositlar hosil bo‘lishida qatnashadi. Shuningdek, lavlagida temir, kalsiy, magniy, fosfor, kolbat ham bor.
TERI-TANOSIL KASALLIKLARINI DAVOLAYDI
“Tibbiy o‘gitlar” asarida Abu Ali ibn Sino shunday yozadi: “Qizil lavlagining shirasi va bargining qaynatmasi sovuqdan yorilganga foyda qiladi. Agar sepkil va dog‘ bor joyni soda bilan yuvib, keyin lavlagining bargini qo‘yib bog‘lansa, ketkazadi. Bargining siqib olingan suvi burga va bitni o‘ldiradi, osilib turgan so‘gallarni ko‘chiradi. Lavlagi bargining qaynatilgani olovdan kuyganga yaxshi ta’sir qiladi. Asal bilan qo‘shib surkalsa, temiratkini davolaydi. Yomon sifatli yaralarga qo‘yib bog‘lansa, ularni tuzatadi…”
TIBBIYoTDA QO‘LLANILIShI
Zamonaviy tabobatda qizil lavlagi me’da-ichak, jigar, o‘t yo‘llari kasalliklarini davolashda ishlatiladi. Sharbati kuchli o‘t haydash xususiyatiga ega. Pishirilganni qabziyatda yaxshi yordam beradi, bu ne’mat ayniqsa kamqonlikda foydalidir. Qizil lavlagi sharbati hazm jarayonini yaxshilab qolmasdan, balki moddalar almashinuvida faol ishtirok etadi. Qandli diabet, qabziyat, kamqonlik, ateroskleroz, tireotoksikoz singari dardlarni tuzatishda ham yordam beradi. Qizil lavlagidan uy sharoitida qanday foydalanishni har bir kishi ham yaxshi bilmasa kerak.
LAVLAGILI RESEPTLAR
Burun-xalqum kasalliklarida
Burun-halqum qurishi bilan kechadigan surunkali faringit va laringitni davolashda hamda ovoz bo‘g‘ilganda shunday muolajani qo‘llang: bir dona lavlagini suvda pishirib, qirg‘ichda qiring, dokaga solib siqing. Keyin uchta teng qismga bo‘lib, bir oy davomida har kuni uch mahal ovqatlanishdan oldin tomog‘ingizni chaying.
Qabziyatda (ich qotganda) och qoringa 50-100 gramm qaynatilgan yoki bug‘da pishirilgan lavlagi ustiga ozroq o‘simlik moyi quyib eyish lozim. Lekin surunkali qabziyati bor kishilarga bu muolajaning ta’siri kamroq bo‘ladi.
Yana bir muolaja. Bitta qizil lavlagi, bir dona turp, bir dona sabzi oling. Hammasining suvini chiqarib aralashtiring. Ko‘ngilni aynitadigan va qustiradigan moddalari uchib ketishi uchun muzlatgichda ikki-to‘rt soatcha saqlang. Bir oy davomida har kuni ovqatlanishdan bir soat oldin bir-ikki oshqoshiqdan ichib yursangiz tetiklashasiz, gemoglobiningiz oshadi, moddalar almashinuvi yaxshilanadi, qon bosimingiz me’yorlashib, rangingiz ochiladi.
- Biror joyingizni kesib olsangiz, lavlagini siqib suviga paxtani botirib qo‘ysangiz, qon oqishi to‘xtaydi. Jarohat va yaralarga lavlagini qirib, ezib qo‘ysangiz (kompress o‘rnida) foyda beradi.
- Tishingiz og‘riganda yangi lavlagini kesib bir bo‘lagini milkka qo‘ysangiz, og‘riq taqqa to‘xtaydi. Keyin stomotolog shifokorga uchrang.
- Doimo yosharib yuray desangiz va yuzingiz tiniq bo‘lishini istasangiz, lavlagini pishirib eb turishingiz kerak. Tozalangan lavlagini ochiqda saqlamang, aks holda kislorod tegib, undagi vitamin S parchalanib ketadi.
Manba: Darakchi.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi