18:27 / 02.10.2017
9 221

Homiladorlarga samolyotda uchish xavflimi?

Homiladorlarga samolyotda uchish xavflimi?
Bo‘lajak ona samolyotda uchishiga to‘g‘ri kelganida “Bolamning sog‘lig‘iga zarar emasmikan?” deya hadiksiraydi. Xavotirga o‘rin yo‘q, quyidagi qoidalarlardan boxabar bo‘lsangiz kifoya.

1. Agar homiladorlik davrida ayolni hech qanday kasallik bezovta qilmasa, birinchi uch oylik oxiri va ikkinchi uch oylik davrida samolyotda uchish xavfsiz hisoblanadi.

2. Birinchi 8 haftalikda samolyotda uchish qat’iyan man etiladi. Shuningdek, uchinchi uch oylikda ham samolyotda uchish tavsiya etilmaydi, chunki ona organizmi tug‘ishga tayyorgarlik ko‘rayotgan bo‘ladi. Bu davrda samolyotda uchish muddatdan oldingi tug‘riqni keltirib chiqarishi mumkin. Shuning uchun ham bir qator aviakompaniyalar homiladorlikning oxirgi oylarida samolyotda uchishni taqiqlab qo‘yganlar.

3. 2 ta va undan ortiq bolaga homiladorlikda va sun’iy urug‘lantirish yo‘li bilan homilador bo‘lganda ham uchish mumkin emas.

4. Agar homilador ayol o‘zini yaxshi his qilayotgan bo‘lsa, genekolog shifokorning ruxsati bilan uchish mumkin. Imkonini topsangiz, biznes klassda uching, u yerdagi o‘rindiqlar yumshoq va qulayroq hisoblanadi.

5. Agar safaringiz uzoq davom etsa, ora-orada turib yurib, oyoq chigalini yozing.

6. Bachadon tonusi yuqori bo‘lgan ayollar ham samolyotda uchmay turganlari maqul, aks holda homila tushishi xavfi kuchayadi.

7. Agar homilador ayolda samolyotda uchishga qarshi sabablar bo‘lsa yoki balandlikdan qo‘rqsa, safarga chiqishning boshqa yo‘llarini qidirishga to‘g‘ri keladi. Masalan, avtoulov yoki poyezdda safarga otlaning.

Manba: «Sug'diyona» gazetasi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Homiladorlarga samolyotda uchish xavflimi?