06:30 / 04.10.2017
10 395

"Eng yaxshi" to‘rtta tabiiy antibiotik

"Энг яхши" тўртта табиий антибиотик
Xren

Juda kuchli tabiiy antibiotiklar sirasiga kiradi.

Traxeit, bronxit, davomli yo‘talda:
1 qoshiq qirg‘ichdan o‘tkazilgan yerqalampirni 3 qoshiq asal bilan aralashtirib tindirilib, bir kunda 1 mahal 1 choy qoshig‘idan iste’mol qilinadi.

Sistit va uretritda:1 qoshiq qirg‘ichdan o‘tkazilgan yerqalampirni 100 ml. qaynoq suv bilan aralashtirib, 5 daqiqa usti yopib tindirib qo‘yiladi va bir kunda 3-4 piyoladan ichiladi.

Klyukva (qizil nordon meva)

Bu meva antibiotik va viruslarga qarshi modda sifatida qo‘llaniladi. Siydik qopi va yo‘lini zararli bakteriyalardan tozalaydi. Klyukva, to‘qimalarni tashqi muhitning salbiy ta’siridan himoyalovchi antioksidantdir.
Klyukva bakteriyalarni o‘ldiradigan, peshob haydovchi va shamollashga qarshi kurashishda tengi yo‘q meva hisoblanadi.

Malham tayyolash uchun:
Klyukva va brusnika mevalarini (3:1) shakar bilan obdon aralashtirib, ezib, 2 osh qoshig‘iga 0,5 litr iliq suv aralashtirib tayyorlanadi.

Sarimsoq

Sarimsoq qondan, ichki a’zolardan va nafas yo‘llaridan zararli bakteriyalarni va ichak parazitlarini chiqarishga yordam beradi. Qon bosimini tushirib, tromb hosil bo‘lishining oldini oladi. Sarimsoqni iste’mol qilganda, saratonga qarshi kurashuvchi va antioksidant bo‘lgani bois, organizm zararli moddalardan tozalanadi. Sarimsoqning bir bo‘lakchasida 400 ta foydali tarkibiy qism mavjud. Ular qon tomirlarini xolesterindan tozalaydi, miya saratonini keltirib chiqaruvchi multiformali glioblastoma hujayralarini o‘ldiradi, tuberkulyoz tayoqchasi, ichak tayoqchasi va xelikobakter (oshqozon yarasini keltirib chiqaruvchi)larni yo‘q qiladi, ichakdagi gijjalarni haydaydi.

Sarimsoqdan 100 dardga da’vo ichimlik tayyorlash uchun: Ochiq rangli shisha idishga 12 dona sarimsoqni to‘rtga bo‘lib, 3 katta piyolada qizil sharob bilan arlashtirib, og‘zini yopib deraza yoniga (quyoshli joyga) 2 haftaga qo‘yiladi. Har kuni 3 marta qo‘zg‘ab qo‘yiladi. 2 haftadan so‘ng dokadan suzib olib, qora rangli shisha idishga solib qo‘yiladi. 1oy davomida kuniga 1 qoshiqdan 3 marta qabul qilinadi.

Bo‘ mo‘’jizakor ichimlik organizmni tuzdan tozalaydi, qonni tozalaydi, immunitetni oshiradi, qon tomirlarini mustahkamlaydi. Ayollar kasalliklari va shamollash uchun ham foydali.

Rayhon


Yuqumli kasallik tarqatuvchi mikroblardan va infeksiyalardan tozalaydi.

Angina uchun: 4 qoshiq maydalangan rayhon bargini 250 ml. qaynagan suvga solib, 20 daqiqa davomida qaynating va suzib olib, kun davomida 2-3 marta iliq holda tomog‘ingizni chaying.

Qovoqlar shamollashi uchun: 2 qoshiq maydalangan rayhon barglarini 500 ml. qaynagan suvga soling va sovutib suzgichdan o‘tkazing. Malhamga dokani botirib qovoqlaringiz ustiga qo‘ying.

Bosh og‘rig‘ida:
Rayhon, mavrak, limono‘tni baravar aralashtirib 1 choy qoshig‘ini 200 ml. qaynagan suvga aralashtirib, 20 daqiqa tindiring va suzib olgach, 1 choy qoshiq asal bilan aralashtirib iching. Bu ichimlik bezovtalikdan xalos qilib, tinchlantirish xususiyatiga ham ega.

Manba: Darakchi.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » "Eng yaxshi" to‘rtta tabiiy antibiotik