08:22 / 02.12.2017
11 069

Sharbatlarning shifobaxsh xususiyatlari

Sharbatlarning shifobaxsh xususiyatlari
Tabiat ato etgan mevalar sharbatining ko’plab foydali xususiyatlari mavjud ekanligidan xabardorsiz. Ularning qay biri qanday kasalikka davo bo’lishi esa siz uchun yangilik bo’lishi shubhasizdir.

Anor sharbati nimjon organizmni turli og’ir operatsiyalardan keyin qayta tiklanishiga yordam beradi, kamqonlikni bartaraf etadi.

Olma sharbati yurak-qontomir tizimi faoliyatini yaxshilab, aqliy mehnat bilan shug’ullanuvchi insonlar uchun foydalidir. Shuningdek olma sharbati organizmdagi tuzlarni chiqarib tashlash xususiyatiga ham ega.

Nok sharbati mikroblarga qarshi kurashadi, buyrakdagi toshlarni tushirishda naf keltiradi. Ushbu sharbat infeksiyalarga qarshi kurashuvchanlikni ham oshiradi.

Uzum sharbati asablarni tinchlantirish, qondagi xolestirin miqdorini kamaytirish borasida beqiyosdir.

Shaftoli sharbati yurak faoliyatini yaxshilaydi, kamqonlikda, oshqozon hastaliklari va qabziyatda foyda beradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Sharbatlarning shifobaxsh xususiyatlari