Tanada joylashgan nuqtalarni bosish orqali ko‘plab a’zolarning faoliyatiga ta’sir o‘tkazish mumkin. Bu eramizdan minglab yillar ilgari paydo bo‘lgan qadimgi Xitoy tibbiyotidan ma’lum. O‘sha davrlarda igna bilan davolash barcha kasalliklardan qutulish vositasi hisoblangan – to‘g‘ri va o‘z joyiga igna sanchish bilan hattoki yashashiga hech qanday umid qolmagan bemorlarni ham oyoqqa turg‘izishgan. Bunday faol nuqtalar butun tanamizda joylashgan bo‘lib, ularga ignasiz ham ta’sir o‘tkazish mumkin.
Akupressura – o‘ziga xos nuqtali massajdir. Kasalliklarni davolashning mazkur usulida tanadagi maxsus nuqtalarni bosish amalga oshiriladi. Asosiysi, kerakli nuqtalarning qayerda joylashganligini bilish kifoya – masalan, tomoq salomatligi uchun tomoqdagi nuqtalar javobgar; jigar faoliyatini tartibga soladigan nuqtalar pastki qovurg‘alar va qorin atrofida joylashgan. Sizni bezovta qilayotgan joydagi kerakli nuqtani toping. Agar nuqtani to‘g‘ri topsangiz, uni barmoq bilan bosganingizda yengil sanchiq yoki uvishishni his qilasiz. Davo ta’siriga ega bo‘lish uchun esa o‘sha nuqtani yengil uqalash darkor. Nuqtaga barmog‘ingizni qo‘yib, aylanma harakatlar qiling. Istasangiz, nuqtani qattiqroq bosing. Yarim daqiqadan so‘ng o‘zingizni yaxshi his qilasiz.
Boshingiz og‘rigan paytda akupressuraning samarasini sinab ko‘rishingiz mumkin. Buning uchun bosh va ko‘rsatkich barmoqlaringiz orasidagi nuqtani bosing.
Ushbu nuqtani uqalash sizni bo‘shashtiradi, tinchlantiradi, yurak ritmingizni tartibga soladi. Boshingiz og‘rig‘i bir ozdan so‘ng o‘tib ketadi. O‘zingizni yengil his qilasiz. Mazkur nuqtani uqalash butun tanangizga ijobiy ta’sir qiladi.
Minuraxon BOZOROVA tayyorladi.
Manba: mulohaza.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi