Agar tanangizdan bir necha kilo ortiqcha vaznni kamaytirishni xohlasangiz, quyidagi tavsiyalarga rioya qiling.
1. Yog‘siz sut ichishga odatlaning. Ushbu sutning mazasi unchalik yaxshi bo‘lmasa ham, sog‘lig‘ingiz uchun foydalidir. Qahva bilan sut ichuvchilarga ham yog‘siz sutdan foydalanish tavsiya etiladi.
2. Yog‘i kam bo‘lgan pishloq tanovul qiling. Pishloq ertalabki nonushta uchun munosibdir. Ba’zilar tushlik vaqtida ham pishloqdan foydalanishadi. Biroq ayrim pishloqlar tarkibida 20-30 foizgacha yog‘ mavjud. Bu kabi pishloqlardan parhez qilish lozim.
3. Foydali yog‘larni iste’mol qiling. Masalan, zaytun yog‘i. Zaytun yog‘ini ertalab nahorda bir qoshiq yoki salatlar bilan iste’mol qilish tavsiya etiladi.
4. Mayonez va ketchuplardan kam foydalaning. Siz mazali bir salat tayyorlaysiz. Ammo unga mayonez yoki ketchup aralashtirsangiz, sog‘lom salatingizdan nishon ham qolmaydi. Shu sababdan salatlarni tabiiy holatida iste’mol qilish foydadan xoli bo‘lmaydi.
5. Sabzavot va ko‘katlarni yog‘da qovurishga odat qilgan bo‘lsangiz, ushbu oshpazlik uslubini o‘zgartiring. Taomlarni qaynatish yoki dimlama qilib pishirish maqsadga muvofiq. Qovurib tayyorlanadigan taomlardan kam foydalaning.
6. Shirinliklarni iste’mol qilishda ehtiyot bo‘ling. Zero, turli tort, pechenye va boshqa shirin kulchalar tarkibida qand va yog‘ mahsulotlari ko‘p uchraydi. Bu mahsulotlar organizmda ko‘proq yig‘ilib qolsa, salomatlikka putur yetkazadi.
7. Har haftada baliqdan tayyorlangan taomdan ikki marotaba iste’mol qiling. Baliq tarkibida mavjud foydali yog‘ boshqa go‘shtlar yog‘idan farq qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi