Berlindagi Sharite universiteti klinikasi nevrologlari inson miyasida o‘lish jarayonida yuz beradigan jarayonlarni o‘rganib chiqdi. Aniqlanishicha, miyaning katta yarimsharlariga nazorat qilib bo‘lmas darajada tarqaladigan va neyronlar o‘limiga olib keluvchi nerv hujayralarining depolyarizatsiya to‘lqinini to‘xtatish mumkin, deb yozmoqda Daryo.
Ma’lum qilinishicha, hayvonlarda miyani kislorod bilan ta’minlash to‘xtatilganidan 20—40 soniya o‘tgach, miya energiya tejash rejimiga o‘tadi, neyronlar o‘rtasida esa aloqa to‘xtaydi. Bir necha daqiqdan so‘ng neyronlarning vazifasini bajarishi uchun zarur bo‘lgan membrana potensialini hosil qiluvchi ion gradiyentlari yo‘qolishni boshlaydi.
Natijada depolyarizatsiya yuz beradi va to‘lqin shaklida hujayra membranasi bo‘ylab tarqaladi. Odatda, bu jarayon elektr signalini o‘tkazish uchun xizmat qiladi, biroq bu holat zaharli moddalarning ajralishiga va neyronlar o‘limiga olib keladi.
Olimlar bemorlarda ana shu to‘lqinni o‘rganib chiqqan. Ularning xulosasiga ko‘ra, depolyarizatsiya to‘lqinini neyronlarga zarar yetkazmagan holda qaytarish mumkin. Bu holatda neyronlar o‘limini kislorod yetkazib berish qayta tiklanguniga yoki hujayralar doimiy depolyarizatsiyadan o‘lishni boshlagunga qadar to‘xtatib turishga muvaffaq bo‘linadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?