Organizmda katta miqdorda D vitamini bo‘lishi onkologik kasalliklar rivojlanishiga qarshilik qilishi mumkin. Bu haqda Kun nashri xabar bermoqda.
Olimlar xalqaro guruhi 40-69 yoshli 33 ming yaponiyalikning qon namunalari va anketa ma’lumotlarini (ratsion, hayot tarzi, oiladagi onkologik kasalliklar tarixi) tahlil qilib, bunday xulosaga keldi. Ular ortidan 16 yildan ko‘proq vaqt davomida kuzatuv olib borilgan. Yosh, vazn, jismoniy faollik darajasi hamda chekish va spirtli ichimliklar iste’mol qilish kabi omillar hisobga olingan holda, tadqiqot natijalari D vitaminining katta miqdorda bo‘lishi saraton bilan kasallanish xavfini 20 foizga kamaytirishini ko‘rsatdi. Bu ham ayollarga, ham erkaklarga birdek taalluqlidir.
D vitaminining qonda katta miqdorda bo‘lishi jigar saratoni kasalligi ehtimoli pastligi (30-50 foiz) bilan ham bog‘langan, bunda bog‘liqlik erkaklarda mustahkamroq bo‘lgan.
Tadqiqot mualliflari olingan natijalar D vitamini saratondan himoyalashi haqidagi tezisni tasdiqlashiga ishonchlari komilligini aytishgan. Biroq, ularning fikricha, ushbu modda miqdori ma’lum darajadan past bo‘lganda hech qanday qo‘shimcha effekt bo‘lmasligi mumkin. Olimlar yakuniy natijaga hisobga olinmagan omillar ta’sir qilgan bo‘lishi mumkinligini ham istisno qilishmagan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»