Braun universiteti mutaxassislari Harvard olimlari bilan birgalikda antibiotiklarning mutlaqo yangi toifasini ishlab chiqishdi. Preparat metitsillin va boshqa dori vositalari ta’siriga chidamli bo‘lgan stafilokokkni to‘liq yo‘q qilishga qodir. Kun.uz nashri shu haqida xabar berdi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, mavjud retinoid antibiotiklar tezkor ta’sirga ega bo‘lib, ularga qarshilik ko‘rsatish ehtimoli ham kam. Ta’kidlash joizki, bunday preparatlarning bir salbiy tomoni bor: ular hujayralarda patalogik o‘zgarishlarga olib kelishi va hatto ularni yo‘q qilishi ham mumkin.
Tadqiqotlar davomida ilmiy xodimlar faqatgina bakteriyalar membranalariga ta’sir qiluvchi antibiotiklar to‘plamini yig‘ishga muvaffaq bo‘lishdi. Ular shuningdek eski infeksiyalarga qarshi ham samarali kurashishi qayd etildi.
Zamonaviy tibbiyotda so‘nggi vaqtlarda superbakteriyalarning paydo bo‘lish muammosi ancha dolzarb. Bunday mikroblarga antibiotiklarning bir yoki bir necha turi ta’sir o‘tkaza olmaydi.
Chidamli patogenlar orasida noyob infeksiya qo‘zg‘atuvchilar bilan bir qatorda keng tarqalgan va xavfli infeksiya qo‘zg‘atuvchilar ham bor. Tillarang stafilokokk va pnevmokokk ularning sirasiga kiradi.
Shifokorlar tez orada barcha antibiotiklar o‘z samarasini yo‘qotishidan va tibbiyotning "zulmat asri" boshlanishidan jiddiy xavotirdilar. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?