21:11 / 31.03.2018
13 347

Ismaloqning beqiyos foydalari

Ismaloqning beqiyos foydalari
Ismaloq kaloriyasi past mahsulot bo‘lgani bois ozishni istaganlar uchun koni foyda.

Turli vitamin va nutriyentlarga boyligi uchun ruxga va avitaminoz rivojlanishining oldini oladi.

Mazkur ko‘kat tarkibidagi shavel kislotasi oshqozon ishini tiklab, ishtahani oshiradi. Kletchatka esa ichaklarni mustahkamlaydi.

Ismaloqdan tayyorlangan qaynatma qabziyat va qorin dam bo‘lishida foydali.

Marganets, rux, kaliy, magniy hamda boshqa bir qator nutriyentlar esa tutqanoqqa qarshi ta’sir ko‘rsatadi.

Ismaloqdan tayyorlangan damlama shamollashni yaxshi davolaydi. Shu bois ham uni laringit, angina, faringit, bronxlar va o‘pka yallig‘lanishiga chalingan bemorlar iste’mol qilishi foydali. Mazkur damlamada og‘iz chayish orqali turli stomatologik xastaliklarni tuzatish mumkin.

Ovqatga ishlatilgan ismaloq barglari bosh og‘rig‘ini qoldiradi.

Ismaloq tarkibida antioksidantlar majmuasi mujassam. Shu bois ham yoshlikni saqlab qolib, saraton paydo bo‘lishining oldini oladi.

Shveysariyalik olimlar ismaloqni muntazam iste’mol qilish qandli diabetga chalingan bemorlardagi insulinga qaramlikni kamaytirishini aniqladi.

Diyetologlar esa turli noqulay va radiatsion muhitda ishlaydigan odamlarga shu ko‘katni tavsiya qilishadi. Chunki uning tarkibida organizmdagi radionuklidlarni me’yoriga tushiruvchi modda mavjud.

Mastopatiyadan aziyat chekuvchi ayollar har kuni ma’lum miqdorda ismaloq yeyishi lozim.

Yangi siqib chiqarilgan ismaloq sharbati umumiy organizmni tiklovchi vosita sifatida operatsiyadan chiqqan, og‘ir kasallikni o‘tkazgan bemorlarga tavsiya etiladi.

Ismaloq barglari homilador ayolning o‘ziga ham, farzandiga ham koni foyda.

Ko‘katdan tayyorlangan salat esa organizmni turli toksin va zaharli modda hamda chiqitlardan tozalaydi.

Ismaloq nastoykasi sil bilan og‘rigan bemorlarga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi.

Ko‘kat tarkibidagi rutin sodasi kapillyarlar devorini mustahkamlaydi, ularni qayishqoq qiladi. Gipertoniklarning esa qon bosimini me’yoriga keltiradi.

Ismaloq immunitetni ham oshirib, yuqumli kasalliklarga chalinish ehtimolini kamaytiradi.

Undan tayyorlangan taom metabolik jarayonlarni tartibga soladi, turli organ va to‘qimalardagi kislorod almashinuvini yaxshilaydi.

Ismaloq tarkibidagi kalsiy va boshqa bir qator nutriyentlar suyak to‘qimalarini mustahkamlaydi, tayanch-harakat tizimi xastaliklarini davolaydi.

Tabiblar undan gemorroyni davolashda ham foydalanishgan. Buning uchun yangi siqib chiqarilgan ismaloq sharbatiga teng miqdorda bodom yog‘i qo‘shib, tayyor ichimlikni bir kunda 6 marotaba ichish lozim. Bir martalik me’yor — 40 ml.

Ismaloq tarkibidagi bir qator foydali elementlar asab tizimini me’yoriga tushiradi, tushkunlik va nevrozning oldini oladi.

Mazkur ko‘katdan tayyorlangan taom uyqusizlikning oldini oladi.

Barglarida mavjud lyutein, xlorofill hamda karotinoidlar ko‘z pardasini tiklab, ko‘rish qobiliyatini yaxshilaydi.

Ismaloq erkaklarning reproduktik salomatligiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Ismaloqning beqiyos foydalari