13:56 / 10.04.2018
6 497

Sabzi sharbati zamburug‘li kasalliklardan asraydi

Sabzi sharbati zamburug‘li kasalliklardan asraydi
Bilasizmi, har kuni ovqatga sarimsoq va piyoz qo‘shib yeyish insonni turli zamburug‘li kasalliklardan asraydi. Chunki bu mahsulotlar zamburug‘ga qarshi kurashish xususiyatiga ega. Shuning uchun ham har kuni, imkoni bo‘lsa, albatta, ertalabki nonushtada bir bo‘lak sarimsoq iste’mol qilishga odatlanish kerak.

Bizning oilada bunga qariyb yigirma besh yildan beri amal qilinadi. Otam uzoq yurtlarda xizmat qilgan paytlarida ikki do‘sti oyoqlarida zamburug‘ kasalligini orttirib, ancha vaqt undan aziyat chekib yurgan ekan. Otam bir kuni tasodifan uchratib qolgan keksa bir kampirning maslahati bilan bu dardga yo‘liqmagan ekan. Do‘stlariga ham ana shu retsept yordam bergan. O‘sha retsept boshqa yurtdoshlarimizga ham foyda berar degan maqsadda uni tavsiya etmoqchiman.

Teri yoki tirnoqlar zamburug‘ida 150 g sabzi sharbatiga 90 g ismaloq sharbati aralashtiriladi va har ovqatlanishdan bir soat oldin ichiladi. Shuningdek, 150 g sabzi sharbatiga 45 g lavlagi, 45 g bodring sharbati aralashtirib ichish ham yaxshi samara beradi.
Munira ABDUSALOMOVA

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Sabzi sharbati zamburug‘li kasalliklardan asraydi