Angliyadagi Surrey universiteti olimlari uxlashga kech yotib, kech turishni ma’qul ko‘ruvchi insonlar («boyo‘g‘li»lar)da erta uyg‘onuvchi «to‘rg‘ay»larga qaraganda bemahal o‘lim xavfi yuqoriroq ekanligini aniqladi. Bu haqda MedicalXpress press-reliz xabariga tayanib Daryo xabar berdi.
Tadqiqotda yoshi 38 dan 73 gacha bo‘lgan 433 mingdan ortiq odam ishtirok etdi. Ular to‘rtta: ertalabki, o‘rtacha ertalabki, kechki va o‘rtacha kechki xronotiplarga ajratildi. Ko‘ngillilar ahvoli olti yarim yil davomida kuzatib borilgan.
«Boyqush»larda turli sabablar, jumladan, yurak-qon tomirlari xastaliklaridan bemahal vafot etish xavfi «to‘rg‘ay»larnikidan o‘n foizga yuqori ekanligi aniqlandi. Bundan tashqari, ular diabet, ruhiy va asab buzilishlaridan ko‘proq aziyat chekadi.
Olimlarning so‘zlariga qaraganda, inson xronotipi qaysidir darajada genetik belgilansa, bu «boyo‘g‘li»lar uchun kun tartibi, jumladan, ish kuni boshlanishini ko‘chirish zaruratini anglatadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Shavkat Mirziyoyev Suma Chakrabarti bilan uchrashdi