10:00 / 24.06.2018
9 054

Qand kasaliga qarshi eng yaxshi chora: insulin o‘rniga qahva...

Qand kasaliga qarshi eng yaxshi chora: insulin o‘rniga qahva...
Shveysariyalik olimlar diabetga yo‘liqqan insonlar uchun haqiqiy sovg‘a tayyorlashyapti, deb xabar bermoqda «Xabar» nashri. Chunki ular bu xastalikka qarshi kurashishning mutlaqo yangi usulini ishlab chiqishdi. «Shveysarcha usul»da bosh rollardan birini kofein o‘ynaydi: bu modda qahva, choy va energetik ichimliklar tarkibida bor.

Syurixdagi Shveysariya oliy texnika maktabi (ETH Zurich)ning doktor Martin Fussenegger boshchiligidagi mutaxassislari qondagi glyukoza miqdorini pasaytiruvchi oqsilni sintez qilishdi. Bu jarayonda kofein faollashtiruvchi vazifasini bajaradi.

Bunda oshqozonosti beziga birinchi bo‘lib maxsus hujayralar kiritiladi, ular kerakli gormon ishlab chiqaruvchi «zavod» vazifasini bajaradi. Shundan so‘ng kofein iste’mol qilinganida, moslashtirilgan hujayralar insulin ishlab chiqarilish jarayonini rag‘batlantiradi va glyukozaning qonda to‘planishini kamaytiradi. Olimlar guruhi sichqonlarda sinov o‘tkazib o‘zlari kutgan natijaga erishdilar. Laboratoriya jonivorlarida ushbu davolash usuli ijobiy natija berdi. Oqsillar kiritilib, ular keyinchalik kofein ta’sirida qo‘zg‘atilganida sichqonlar qon tarkibida qand miqdori barqarorlashib, vazni me’yorga qaytgan. Eng muhimi, kofein me’yoridan ko‘p iste’mol qilinganida ham organizmda glyukoza miqdori xavfli darajada tushib ketmasdan, me’yorida qolgan.

«Keng tarqagan choy va qahva ichish odatlariga asoslangan yangicha davolash usuli hech qanday to‘siqlarsiz odamlarning hayot tarziga kirib borishi kerak» — deb hisoblashmoqda ETH Zurich mutaxassislari.

Olimlar yaratgan oqsillar faolligi kofeinli turli ichimliklar: qahva, choy, «Coca-Cola» va «RedBull»da sinab ko‘rildi. Hatto «Starbucks» kompaniyasi mahsuloti ham sinovdan o‘tkazildi. Har bir holatda integratsiyalashgan genetik tizim muvaffaqiyatli «start» oldi. Bu esa shveysariyalik olimlarga mazkur usulning universalligi haqida so‘zlash imkonini beradi.

Doktor Martin Fussenegger ta’kidlashicha, uning jamoasi endi o‘z tadqiqotlari mahsulini insonlarda sinab ko‘rishga hozirlik ko‘ryapti. Agarda tahlillar olimlar kutgan natijani bersa, yaqin kelajakda diabetiklarning hayoti butkul yaxshi tomonga o‘zgarib ketishi mumkin.

Tadqiqot tafsilotlari bilan to‘liq bu yerda tanishishingiz mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Qand kasaliga qarshi eng yaxshi chora: insulin o‘rniga qahva...