12:56 / 30.07.2018
9 374

Tuxumning inson organizmi uchun aniqlangan foydali jihatlari

Tuxumning inson organizmi uchun aniqlangan foydali jihatlari
«MIR24» nashri xabariga ko‘ra, uxlashga yotishdan oldin tuxum iste’mol qilinsa, uyqu kelishi yanada yengillasharkan. Shu masalada diyetolog Sheron Natoli izlanishlar olib bordi. Olimning aytishicha, tuxum organizmda melatonin garmoni ko‘proq ishlab chiqarilishini ta’minlaydi. Vaholanki, aynan shu gormon uyqu ritmini nazoratga olib, uyqu kelishida muhim rol o‘ynaydi.

Bundan tashqari, tuxum tarkibida bezovtalikni kamaytirib, uyqu sifatini yaxshilovchi triptofan- aminokislota mavjud. Yana tuxum o‘zida V12, V5, biotin, tiamin, riboflavin kabilarni mujassam etgan. Ular birgalikda teri, soch, tirnoqlar mustahkam bo‘lishi uchun xizmat qiladi, saraton xastaligiga uchrash xavfini kamaytiradi. Buning uchun kuniga nonushta va kechki ovqat paytida bittadan tuxum yeyilsa bas. U ochlik hissini kamaytirishda ham tengsiz mahsulot hisoblanadi. To‘qimalarning qarish jarayonini sekinlashtiradi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Tuxumning inson organizmi uchun aniqlangan foydali jihatlari