Mavsumiy mevalardan biri hisoblangan anorni 101 dardga davo deyishadi. U haqida juda koʻp va xoʻp gapirish mumkin. Quyida anorning inson organizmi uchun foydali jihatlari hamda qay bir kasalliklarda asqatishi bilan tanishtiramiz.
HOMILADORLAR UCHUN FOYDALI
Tarkibida jamiki vitaminlarni yiqqan anor, ayniqsa, homiladorlikning ilk oylaridagi toksikozda yordam beradi. Buning uchun anorni siqib, sharbatini ozroq mineral suv bilan aralashtrib ichish lozim. Chunki anor shirasining oʻzi oshqozonga ogʻir botishi va organizm oshqozon kasalliklariga moyillik boʻlganida, gastritni keltirib chiqarishi mumkin. Anor qonda gemoglobin darajasini ham oshiradi. Foydasi boʻlsin desangiz, anorni salatlarga qoʻshib isteʼmol qiling. Homiladorlikning soʻnggi oylarida qoʻl-oyoqlaringiz shisha boshlasa, choyingizga yarim siqim anor donasini siqib, novvot qoʻshib iching.
ORGANIZMNI TOZALAYDI
Anorni isteʼmol qilganingizda qon bosimi darrov meʼyoriga tushadi, jigar tozalanadi, ortiqcha suyuqlik chiqib ketadi, chunki meva siydik va safro haydovchi taʼsirga ega.
GIJJADAN XALOS QILADI
Anor poʻsti bir hafta oftob tagida quritib olingach, 2 hovuchi yarim litr suvda 1 soat qaynatiladi. Tayyor qaynatma ertalab och qoringa ichilib, 2 soatdan keyin huqna qilinsa, organizm parazitlardan tozalanadi.
POʻSTI HAM DAVO
Ish yoki uydagi muammolar tufayli anchadan beri halovatsizlik, yurak siqilishi, asabiylik, qoʻl titrashi, kayfiyatning oʻzgarib turishidan madorsizlanib borayotgan boʻlsangiz, bir dona anor poʻstini yarim litr suvda 10 daqiqa qaynatib, asal qoʻshib iching. Bu qaynatma nevroz, yurak oʻynogʻi, surunkali charchoq, vasvasaga tushish holatlarida yordam beradi. Qaynatma gripp va yalligʻlanish xastaliklari, jigarni yogʻ bosishi, sariq kasalidan keyingi tiklanish davrida ham ichilishi mumkin.
IMMUNITЕTNI KOʻTARADI
Kuz mavsumida bir donadan anor yeyishga odatlansangiz gripp va shamollashdan choʻchimasangiz ham boʻladi. Negaki, anor S vitaminiga nihoyatda boy. Uni salat bargi, ozroq zaytun moyi va mayda toʻgʻralgan limon bilan birga tanovul qilsangiz, organizmingizga yordam bergan boʻlasiz. Oddiygina salat shamollashdan asraydi, qonni yurishtiradi, ichaklarni tozalab, yuz koʻrinishingizni tiniqlashtiradi.
KOSMЕTOLOGLAR TAVSIYA QILISHADI
Yuz teringiz uchun krem tanlayotgan paytda tarkibida anor borligini koʻrsangiz, ikkilanmay olavering. Anor terining soʻlgʻinligi, mayda ajinlar bilan kurashadi. Ayniqsa, bunday kremni yotishdan oldin surtgan yaxshi.
SUYAKLARNI MUSTAHKAMLAYDI
Keksalar anorni kunora yeb turishlari shart. Negaki, tarkibidagi kalsiy kattalarda uchraydigan osteoartroz kasali bilan kurashadi. Anor palovga qoʻshib isteʼmol qilinsa, qon bosimi meʼyorga keladi, yurak quvvatlanadi. Haftada 2-3 marta, nahorga 2 osh qoshiqdan anor sharbatidan ichilganida esa insult va infarkt xavfi kamayadi. Keksalarda uchraydigan Alsgeymer kasalida ham anor yordam beradi. U xotirani mustahkamlab, bosh miyadagi qon aylanishini yaxshilaydi.
OZMOQCHIMISIZ?
Ozish payida yurgan xonimlar sabzavotli yoki mevali salatlariga anor donalaridan qoʻshishlari kerak. Yana anorli parhez vazn ketish qiyin boʻlgan sohalar – qorin va boʻksani tez ozdirishiga qodir!
QANDAY TANLAYMIZ?
Xarid payti mevaning yirikligiga, poʻsti quruq va yupqa, ustida dogʻlari boʻlmasligiga ahamiyat bering. Anor quruq, salqin joyda 2 haftagacha saqlanishi mumkin. Agar uni uzoqroq saqlashni istasangiz poʻstidan tozalab, yelim xaltaga soling-da, muzlatgichga joylang. Anorning yangi siqilgan sharbti esa 2 kungacha muzlatkichda saqlanishi mumkin.
Qarshi koʻrsatmalar ham bor!
Anor tarkibidagi moddalar tish emalini yumshatishi mumkin. Mevani isteʼmol qilishdan avval ozroq pishloq yeb yuborilsa, hech qanday muammo yoʻq. Anor yegach, albatta, ogʻizni iliq suvda chayish lozim.
Yana anorning qon bosimini tushiruvchi taʼsiri borligini ham yodda tutmoq zarur. Shuning uchun gipotoniya bilan ogʻrigan bemorlar bu mevani bir kunda bir donadan oshirmasliklari kerak.
Anorni koʻp yeb yuborsangiz, qabziyat yuz berishi mumkin. Shuning uchun kolit, kolpit va boshqa ichak kasalliklari bilan ogʻrigan bemorlarga anor sharbati tavsiya etilmaydi.
Manba: Darakchi.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Metabolizm sekinlashganining belgilari