23:03 / 31.10.2018
5 980

Tuzning yana bir zarari aniqlandi

Tuzning yana bir zarari aniqlandi
Amerika olimlari tuz masalasida izlanishlar olib borib, ushbu mahsulotning yana bir zararini aniqlashdi. Ma’lum bo‘ldiki, tuzni me’yordan ortiq iste’mol qilish skleroz xastaligiga duchor etarkan.

Skleroz bu surunkali autoimmunial xastalik hisoblanib, asab, bosh miya va yana umurtqa pog‘onasi faoliyatiga jiddiy ziyon yetadi. Hozircha bu xastalikni to‘liq tuzatish imkoniyati mavjud emas. Bu xastalik bilan og‘riganlar sog‘lom odamlarga qaraganda 5-10 yil kamroq umr ko‘rishi kuzatilgan.

Tuz me’yoridan ko‘p iste’mol qilinganda, «Wnt» signal yo‘lida noqulayliklar va jiddiy xatoliklar ko‘zga tashlanadi. Buning oqibatida «T» to‘qimalar faoliyatiga putur yetadi. Bu esa markaziy asab tizimini ishdan chiqaradi.

Bunga qadar Bostondagi Brigxem shifoxonasi mutaxassislari tuzni me’yordan ortiq iste’mol qilish erta o‘lishga olib kelishini aniqlashgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Tuzning yana bir zarari aniqlandi