Buyuk Britaniyadagi Saraton tadqiqotlari instituti olimlarining aniqlashicha, ozuqa qo‘shimchasi sifatida ishlatiladigan mannoza shakari turli xildagi saraton kasalliklaridan aziyat chekuvchi sichqonlarda salbiy o‘simtalar o‘sishini sekinlashtirishi va kimyo terapiyasidan effektni kuchaytirishi mumkin. Bu haqda Kun.uz nashri xabar bermoqda.
Foto: Flickr / dichohecho
Tadqiqot davomida mannoza ichimlik suvi tarkibiga qo‘shilgan yoki oshqozon osti bezi, teri yoxud o‘pka saratoni bilan og‘rigan kemiruvchilarga og‘iz orqali berilgan. Ma’lum bo‘lishicha, shakar o‘simta o‘sishini sekinlashtiradi hamda boshqa asoratlarga olib kelmaydi. Tajribaning keyingi qismida shishga ega hayvonlar sisplatin va doksorubitsin - tez-tez qo‘llaniluvchi ikkita kimyo terapiyasi preparati bilan davolandi. Natijaning ko‘rsatishicha, shakar nafaqat o‘simtalar hajmini qisqartiradi, balki ba’zi sichqonlar hayot davomiyligini ham oshiradi.
Glyukoza saraton to‘qimalari o‘sishi uchun zarur, ammo mannoza uglevodlarning salbiy hujayralarga borib tushishini to‘sib qo‘yishi mumkin. Shu bilan birga, u oddiy to‘qimalarda glyukoza qabul qilish qobiliyatiga ta’sir qilmaydi.
Shuningdek, mannozaning ta’siri turli saraton turlari, jumladan, leykemiya, osteosarkoma, tuxumdon va ichak saratonidagi hujayralarda sinovdan o‘tkazildi. Ba’zi hujayralar shakarga reaksiya ko‘rsatdi, ba’zilari esa bo‘linib, o‘sishda davom etdi. Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, ular nega mannoza tanlov asosida ta’sir qilishi, shuningdek, insonda saraton kasalligini davolashda samarali bo‘lishi yoki bo‘lmasligini aniqlashni rejalashtirmoqdalar. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?