Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining “Xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy faoliyat ko‘rsatish tartibi va hajmlari to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i loyihasi joylashtirildi.
Hujjat bilan Xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy faoliyat ko‘rsatish tartibi va hajmlari to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlanishi mumkin.
Nizomga ko‘ra, xalq tabobatining e’tirof etilgan usullariga quyidagi guruhlar kiradi:
Birinchi guruh – invaziv (teri butunligining buzilishi bilan bog‘liq)
usullarni qo‘llovchi halq tabobati: akupunktura, su-djok terapiya, xijoma.
Ikkinchi guruh – noinvaziv usullarni qo‘llovchi halq tabobati:
manual terapiya, akupressura.
Uchinchi guruh – biologik invaziv vositalarni qo‘llovchi xalq tabobati: gomeopatiya, girudoterapiya, apiterapiya.
To‘rtinchi guruh – parhez va o‘simlik vositalarini qo‘llovchi xalq tabobati: fitoterapiya, ochlik bilan davolash.
Xalq tabobati usullarini qo‘llash bilan amalga oshiriladigan tibbiy faoliyat shifokorlar va xalq tabobati bo‘yicha mutaxassislar tomonidan Sog‘likni saqlash vazirligi tasdiqlaydigan tibbiy faoliyat amalga oshiriladigan tibbiy ixtisosliklar turlari nomenklaturasi asosida, amalga oshiriladi.
Zamonaviy tibbiyot usullari bilan tibbiy yordamni ko‘rsatishga belgilangan talablar, xalq tabobati usullarini qo‘llash bilan tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi shaxslarga ham tatbiq etiladi.
Xalq tabobati usullarini qo‘llash bilan ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar aholiga tibbiy yordam ko‘rsatishda qo‘shimcha (komplementar) usul sifatida maslahatlar berish, diagnostika qilish, davolash va reabilitatsiya shaklida tegishli ambulatoriya va statsionar turdagi tibbiy tashkilotlarda amalga oshiriladi.
Xalq tabobati usullarini qo‘llash bilan ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar barcha tibbiyot tashkilotlarida, jumladan davlat va xususiy tibbiyot tashkilotlarida zamonaviy tibbiyot bilan o‘zaro komplementar hamkorlikda amalga oshirilishi mumkin.
Xalq tabobati usullarini qo‘llash orqali tibbiy xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan xalq tabobati bo‘yicha ixtisoslashuvdan o‘tgan yoki tibbiyot amaliyotida qo‘llashga ruxsat berilgan maxsus xalq tabobati usullari bo‘yicha kurslarni tugatgan shifokorlar hamda odam anatomiyasi, fiziologiyasi, farmakologiya, laboratoriya va instrumental diagnostika, shuningdek birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishning amaliy ko‘nikmalari bo‘yicha maxsus o‘quv kursini tugatgan shaxslar shug‘ullanishlari mumkin.
Xalq tabobati usullarini qo‘llash orqali tibbiy xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanish uchun shaxslarning tibbiyot uquv muassasalarida tashkil etilgan maxsus o‘quv kurslarini o‘tashlari maqsadga muvofiqligi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida Xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy xizmat ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha maxsus komissiyaning xulosasi asosida belgilanadi.
Xalq tabobati usullari bilan davolashning maqsadga muvofiqligini belgilashda xalq tabobati mutaxassisining shifokor bilan o‘zaro hamkorligi majburiy shart hisoblanadi. Bunda, maslahat, diagnostika va davolashning zamonaviy yoki xalq tabobati usullaridan birini tanlash huquqi bemorda bo‘ladi.
Tibbiyot tashkilotlarida bemorlarni xalq tabobati mutaxassislari tomonidan qabul qilish shifokor ko‘rigidan so‘ng amalga oshiriladi. Bolalar va homilador ayollarga xalq tabobati usullarini qo‘llash orqali tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun pediatr yoki ginekolog shifokorining xulosasi talab etiladi.
O‘tkazilgan ko‘rik va tekshiruvlardan so‘ng shifokor bemorning ambulator kartasiga yoki kasallik tarixiga, shuningdek bemorning qo‘liga beriladigan tibbiy konsultativ kartasiga tashxis va tavsiyalari to‘g‘risidagi, shu jumladan xalq tabobati usullarini qo‘llash bo‘yicha yozuvini kiritadi.
Xalq tabobati usullarini qo‘llashga qarshi ko‘rsatmalar mavjud bo‘lgan taqdirda, shifokor bemor ambulator karta yoki kasallik tarixiga ushbu usullarni qo‘llash oqibatida bo‘lishi mumkin bo‘lgan asoratlar haqida bemorga ma’lumot beradi, bemor esa ma’lumot olganligini tibbiy hujjatlarga imzo qo‘yish bilan tasdiqlaydi. Mazkur yozuv bemorning qo‘liga beriladigan tibbiy konsultativ kartasida ham qayd etiladi.
Xalq tabobati mutaxassisi bemorning ambulator kartasi yoki kasallik tarixiga xalq tabobati usullari bilan o‘tkazilgan muolajalar to‘g‘risida yozuv kiritadi.
Xalq tabobati usullarini qo‘llash bilan tibbiy xizmatlar ko‘rsatish tibbiy faoliyatda qo‘llash uchun ruxsat etilgan xalq tabobati usullari ro‘yxati asosida amalga oshiriladi.
Xalq tabobati usulida xizmat ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash tibbiy faoliyatni litsenziyalash uchun belgilangan tartibda (tibbiy ta’lim ma’lumoti mavjudligi talabi bundan mustasno) amalga oshiriladi.
Xalq tabobati usullari bilan tibbiy xizmatlar ko‘rsatishda tibbiy ma’lumotga ega bo‘lmagan shaxslar uchun belgilangan talab, bu ularda tibbiyot o‘quv yurtlarida maxsus kursni tugatganliklarini tasdiqlovchi sertifikatning mavjudligi hisoblanadi.
Xalq tabobati ixtisosligini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moddiy-texnik baza, asbob-uskunalar va boshqa texnik vositalar, shu jumladan tibbiy texnikaga eng kam talablar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi