19:08 / 19.05.2019
8 182

Britaniyalik olimlar saratonning davosi borligini tasdiqladi

Britaniyalik olimlar saratonning davosi borligini tasdiqladi
Foto: BBC
Britaniyalik olimlar yaqin 10 yil ichida hech bir jarayon taʼsir qilmaydigan saraton katakchalarini oʻsishdan toʻxtatuvchi dori ishlab chiqishi mumkinligini aytdi. Bu haqda BBCga tayanib “Daryo” xabar berdi.

Britaniya saraton tadqiqotlari instituti (ICR) bu izlanish uchun 75 million funt sterling ajratishini eʼlon qildi.
ICR Londonning janubiy qismida joylashgan Satton tumanida yangi dori ishlab chiqaradigan markaz tashkil qilmoqchi.

Institut rahbari Pol Uorkmanning aytishicha, saraton bilan kurashishdagi eng jiddiy muammo saraton katakchalarini doriga moslashishi boʻlib qolmoqda.

Uning soʻzlariga koʻra, ishlab chiqariladigan yangi preparatlar uzoq vaqt davomida saraton rivojlanishini toʻxtatib qoʻyishi mumkin va bu saratonni davolash uchun koʻproq imkoniyat yaratadi.

Institut loyihada ishlash uchun turli sohalaridagi 300 ga yaqin tadqiqotchilarni jalb qilishga umid qiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Britaniyalik olimlar saratonning davosi borligini tasdiqladi