Foto: Getty Images
Xitoyda koronavirusga qarshi samarali vaksina ishlab chiqildi. Biroq uni hali sinovdan o‘tkazish va oxirigacha yetkazish kerak.
Bu haqda Xitoyning Rossiyadagi elchisi Chjan Xanxuey ma’lum qildi.
“Xitoyda koronavirusga qarshi immunitet ko‘rsatuvchi vaksina ishlab chiqildi. Biroq bu boshlanishidir, uni hali sinovdan o‘tkazish va oxirigacha yetkazish kerak”, deb aytgan elchi.
U, shuningdek, koronavirusni davolashda samarali dori vositalari topilganini ma’lum qilgan.
“Amaliyotning ko‘rsatishicha, Xitoy dorilari samarali ta’sir ko‘rsatmoqda. Dorilar qo‘llangan barcha holatda birorta og‘irlashish holati bo‘lmagan. Xitoy dorilarining umumiy samaradorligi 85 foizdan, ba’zi joylarda 90 foizdan ko‘proqni ko‘rsatmoqda”, deb qo‘shimcha qilgan diplomat.
Chjan Xanxueyning ta’kidlashicha, Xitoyda koronavirusga qarshi samarali ta’sir qiluvchi ancha yildan beri qo‘llanuvchi dori topilgan. Bu bir necha o‘n yillardan beri bezgakka qarshi qo‘llanuvchi xloroxina fosfatdir.
“Shuningdek, sobiq ittifoqda ishlab chiqarilgan yana bir eski dori bor. Hozircha shu ikki dori samarali hisoblanmoqda. Koronavirusni yengishning eng samarali usuli – Yevropa tibbiyotini Xitoy tibbiyoti bilan birgalikda qo‘llashdir”, deb qo‘shimcha qilgan elchi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”