21:43 / 16.03.2020
5 816

AQSHda koronavirusga qarshi vaksinani sinovdan o‘tkazish boshlanadi

AQSHda koronavirusga qarshi vaksinani sinovdan o‘tkazish boshlanadi
Foto: Getty Images
Donald Tramp koronavirusga qarshi kurashish uchun sakkiz milliard dollardan ortiqroq pul ajratgan. Undan uch milliardi vaksina ishlab chiqishga sarflanadi.

Vashingtonda klinik sinovlar doirasida ilk ishtirokchi koronavirusga qarshi ehtimoliy vaksinaning sinov dozasi bilan emlanadi. Bu haqda o‘z manbasiga tayanib Associated Press xabar berdi.

Sietldagi the Kaiser Permanente Washington Health Research Institute tadqiqot markazida o‘tkaziladigan sinovlarda 45 nafar ko‘ngilli ishtirok etadi. Loyihani Sietldagi The National Institutes of Health moliyalashtirgan.

Avvalroq AQSH prezidenti Donald Tramp koronavirusga test topshirgani xabar qilingandi.
Tramp koronavirusga qarshi kurashish uchun sakkiz milliard dollardan ortiqroq pul ajratgan. Undan uch milliardi vaksina ishlab chiqishga sarflanadi.

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, AQSHda 3,7 mingdan ortiq kishi koronavirusga chalingan, 65 kishi vafot etgan, 9 kishi sog‘ayib ketgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » AQSHda koronavirusga qarshi vaksinani sinovdan o‘tkazish boshlanadi