17:30 / 17.03.2020
11 823

Xitoy olimlari koronavirusning maxfiy tashuvchilarini ma’lum qildi

Xitoy olimlari koronavirusning maxfiy tashuvchilarini ma’lum qildi
Xitoy olimlarining fikricha, bolalar koronavirus infeksiyasining maxfiy tashuvchilari sanaladi. Chunki ularda bu kasallik alomatlarsiz o‘tadi va atrofdagilarga yuqish ehtimoli yuqori bo‘ladi. Bu haqda MedicalXpress nashriga tayanib Sof.uz xabar bermoqda.

Xitoyning Guanchjou shahridagi bolalar markazi mutaxassislari koronavirus aniqlangan oilalarga mansub bo‘lgan 2 oylikdan 15 yoshgacha bo‘lgan 745 nafar bolani tekshiruvdan o‘tkazgan.
Tahlil natijalariga ko‘ra ulardan faqat 10 nafari (1,3%i) kasallikka chalingani ma’lum bo‘lgan.

Biroq bolalarning birontasida ham kasallikning ochiq belgilari kuzatilmagan. Ularda kuchli isitma bo‘lmagan, tana harorati 39°C gacha ko‘tarilmagan, bo‘g‘imlarida og‘riq turmagan va quvvatsizlikni his qilishmagan. Shuningdek, kattalardan farqli ravishda bolalarda nafas olish qiyinlashmagan.
Zotiljamning og‘ir ko‘rinishi ham bironta bolada kuzatilmagan.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, bularning barchasi bolalar kattalar uchun ehtimoliy xavf tug‘dirishini tasdiqlaydi: virus kasallikka chalingani yashirin qolgan boladan kattalarga o‘tishi mumkin.

2019 yil 31 dekabrda Xitoy hukumati Uxan shahrida noma’lum virus tufayli yangi turdagi zotiljam kasalini qayd etgan edi. Keyinchalik COVID-19 nomi berilgan koronavirus (tojdor virus) bugunga kelib deyarli butun dunyoni qamrab oldi. Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti (JSST) bir hafta oldin, 2020 yil 11 mart kuni koronavirus xavfini epidemiyadan pandemiya darajasiga ko‘tardi.

O‘zbekiston hududida bu virus bilan kasallanish holati 2020 yil 15 mart kuni ilk bor qayd etilgandi. Hozirda mamlakatimizda COVID-19 koronavirusiga chalinganlar soni 11 kishiga yetdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Xitoy olimlari koronavirusning maxfiy tashuvchilarini ma’lum qildi