894
Qahva, uzum sharbati va kasallikka qarshi kurashda yordam beradigan boshqa mahsulotlar
Foto: «Domashniy ochag»
Uzum sharbati, losos, qora qahva va yangi uzilgan mevalar foydali oziq-ovqat hisoblanadi. Ammo ulardan ma’lum kasalliklarning oldini olishda foydalanish mumkinligini kam odam biladi.
Migren
Kuniga bir stakan uzum sharbati migrenning oldini olishga yordam beradi. Gap shundaki, bu ichimlik miyadagi kimyoviy moddalar muvozanatini tiklashga yordam beruvchi A va C vitaminlariga, shuningdek, qondagi temir miqdorini kamaytiradigan B2 vitaminiga boy.
Foto: «Domashniy ochag»
Quruq sochlar va teri
Agar muntazam ravishda yog‘li baliq iste’mol qilsangiz, masalan, losos, siz nafaqat qon tomirlari va yurak sog‘lig‘ini saqlab qolishingiz, balki teri va sochlarning quruqligidan ham qutulishingiz mumkin. Bunday baliqlarda ko‘p bo‘lgan D vitamini va omega-3 yog‘ kislotalari qazg‘oq va soch to‘kilishi bilan kurashishga yordam beradi, shuningdek, tanadagi sog‘lom yog‘larning tabiiy muvozanatini saqlaydi.
Foto: «Domashniy ochag»
Metabolizmning sekin kechishi
Metabolizmni kuchaytirishning eng yaxshi usuli — o‘z vaqtida nonushta qilish. Buning uchun eng yaxshi vaqt uyg‘ongandan keyingi birinchi yarim soat. To‘liq uyg‘onish uchun tanamizga taxminan bir soat vaqt kerak bo‘ladi va agar biz bu vaqtda nonushta qilsak, ovqat sekinroq hazm bo‘ladi, o‘zimizni to‘q his qilamiz va metabolizm asta-sekin tezlashadi.
Sariq tishlar
Agar tishingizning rangi sizni qoniqtirmasa, kundalik ratsioningizga yangi meva va rezavorlar qo‘shing. Qulupnay qahva va choydan keyin yuzaga keladigan dog‘larni yengishga yordam beradi, yangi olma dog‘lar va blyashka uchun tabiiy tozalash vositasi sifatida ishlaydigan so‘lak sekretsiyasini rag‘batlantiradi. Nordon mevalar — limon, apelsin, greypfurt og‘izdagi kislotalilikni me’yorda ushlashga va tishlarni kasalliklardan himoya qilishga yordam beradi. Ammo har bir meva iste’molidan keyin og‘zingizni yaxshilab chayishni unutmang.
Foto: «Domashniy ochag»
O‘t pufagida toshlar paydo bo‘lishining oldini olish uchun
Qora qahva o‘t pufagi uchun ham foydalidir: bu ichimlik o‘t pufagining faol qisqarishini rag‘batlantiradi va shu bilan kichik kristallarning katta va xavfli toshlar bilan birikishining oldini oladi. Qancha ko‘p qahva ichsangiz (o‘rtacha miqdorda, albatta), o‘t pufagi shunchalik sog‘lom bo‘ladi.
Foto: «Domashniy ochag» “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi