15:56 / 29.01.2022
931

Shifokor tavsiyasi: insult xavfini kamaytiradigan 8 mahsulot

Shifokor tavsiyasi: insult xavfini kamaytiradigan 8 mahsulot
Foto: Getty Images
Kasallikning oldini olish haqida gapirganda, biz har kuni duch keladigan ovqatlanish tartibini ham hisobga olish kerak. Ratsionda xolesterinni kamaytiradigan, qon bosimini pasaytiradigan va qon ivishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan mahsulotlarga ustunlik berish lozim. Bu haqda oliy toifali nevrolog, tibbiyot fanlari nomzodi, epileptolog, neyrofiziolog, psixoterapevt Natalya Tolstova ma’lumot beradi.

Xolesterin miqdorini kamaytiradigan mahsulotlar

Suli yormasi
Bu masalada foydali bo‘lgan eng oddiy mahsulot olmali suli yormasi. Bunday bo‘tqa lipoproteinlar darajasini pasaytirishga yordam beradi, chunki uning tarkibida omega-3 yog‘ kislotalari mavjud bo‘lib, ular past zichlikdagi xolesterinni kamaytirishdan tashqari, qon bosimini ham normallashtiradi.

Yog‘li baliq
Sardina, skumbriya, seld balig‘i — hamma xarid qiloladigan qimmat bo‘lmagan mahsulotlardir. Yog‘li dengiz baliqlarida ko‘p miqdorda yod, omega-3 yog‘ kislotalari mavjud bo‘lib, ular qon tomirlarining elastikligiga ijobiy ta’sir qiladi va xolesterin miqdorini kamaytiradi.

Yong‘oqlar

Grek yong‘og‘i, bodom va boshqa yong‘oq turlari ham xolesterin miqdorini normallashtiradi
Agar yong‘oqqa tuz yoki shakar qo‘shilgan bo‘lsa, ularning foydalilik qiymati keskin pasayib ketadi. Chunki bunday holatda insult rivojlanishining boshqa xavflari ortadi.

Avokado
Albatta, avokado arzon meva emas, lekin shunga qaramay, uni do‘konlardan topish mumkin. Ko‘plab tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bu meva past darajadagi lipoproteinlar darajasini pasaytiradi va vaznni normallashtirishga yordam beradi.

Zaytun moyi
Zaytun moyini har bir do‘kon javonidan topish mumkin. Bu mon to‘yinmagan yog‘li kislota manbai bo‘lib, xolesterin darajasini normallashtirish uchun mayonez va yog‘ o‘rniga sous, ziravor sifatida ishlatiladi.

Qon ivishini normallashtiradigan mahsulotlar

Sharbatlar
Agar qon ivishini kamaytiradigan mahsulotlar haqida gapiradigan bo‘lsak, bunda sharbatlar ustunlik qiladi. Do‘kondagi har qanday assortiment: greypfrut, apelsin, limon, sabzi, olma va boshqalar. Kombinatsiyalar, aralashmalar, sabzavotli sharbatlarni diyetaga bemalol kiritish mumkin.

Sarimsoq va zanjabil
Sarimsoq va zanjabil ham qonning yopishqoqligini kamaytiradi va gemoreologiyani normallashtirishga hissa qo‘shadi, shuningdek, metabolik jarayonlarni faollashtiradi.

Suv
Qon ivishini normallashtiradigan eng qulay va eng muhim tarkibiy qism suvdir. Kuniga 1,5 litrgacha gazsiz toza suv ichish qon ivishida samara beradi.

Qon bosimini pasaytiradigan mahsulotlar
Yuqorida aytib o‘tilgan mahsulotlarning barchasi qon bosimini pasaytirishda yaxshi natija beradi. Ammo tuz iste’molini kamaytirish qon bosimini barqarorlashtirishda asosiy omil bo‘lib qolaveradi.

Gemoreologiyani, xolesterin darajasini normallashtirish uchun iste’mol qiladigan har qanday mahsulotga tuz qo‘shilmasligi kerak. Tuzdan voz kechilganda qon bosimi pasayadi va bu o‘z-o‘zidan insult xavfini kamaytiradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Shifokor tavsiyasi: insult xavfini kamaytiradigan 8 mahsulot