20:27 / 15.02.2022
2 071

Har kuni bir bo‘lak limon iste’mol qilish organizmga qanday ta’sir qiladi?

Har kuni bir bo‘lak limon iste’mol qilish organizmga qanday ta’sir qiladi?
Foto: Grazia
Diyetolog Aleksandra Lapina limonning bir qancha foydali xususiyatlari bilan birga, kimlar undan voz kechishi kerakligini ham ma’lum qildi.

Foydali tomonlari
«Limon ovqat hazm qilish jarayonini yaxshilaydi, ishtahani ochadi, qondagi xolesterin miqdorini kamaytiradi, spazmlarni yo‘qotadi va hatto saratonning oldini oladi», – deydi ekspert.

Bir tilim limon tarkibida C va D vitaminlari, foliy va askorbin kislotalari, shuningdek, temir, mis, rux, ftor mavjud.

Bir tilim limon askorbin kislotaning kunlik ehtiyojining yarmini o‘z ichiga oladi. C vitamini sovuq mavsumda immunitet tizimining himoya xususiyatlarini mustahkamlaydi.

Limon organizmdagi bakteriyalarning ko‘payishiga to‘sqinlik qiladi.

Salbiy jihatlari
Limonlar allergen mahsulotdir, shuning uchun u hammaga mos kelmaydi. Sitruslarga allergiyasi bor bo‘lgan odamlar bu mevani iste’mol qilmasliklari kerak.

Shuningdek, limonni homilador ayollar, uch yoshgacha bo‘lgan bolalar va buyrak kasalligi bo‘lgan bemorlarga iste’mol qilish tavsiya etilmaydi.
Limonni ko‘p iste’mol qilish mumkin emas: kuniga maksimal ikki bo‘lak sog‘liq uchun xavfsizdir. Agar har kuni butun limon iste’mol qilinsa, gipervitaminoz bilan kasallanish xavfi mavjud.

Eslatma uchun, limon sharbatiga bir stakan suv qo‘shib ichish tavsiya etiladi. Shuningdek, tish emaliga zarar bermaslik uchun mutaxassislar limon sharbatini maxsus naycha (trubochka) orqali ichishni maslahat berishadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Har kuni bir bo‘lak limon iste’mol qilish organizmga qanday ta’sir qiladi?