date
views 1 478

Metabolizmni bir necha martaga tezlashtirishga yordam beradigan mahsulotlar

Metabolizmni bir necha martaga tezlashtirishga yordam beradigan mahsulotlar
Foto: Grazia
Ushbu mahsulotlar ratsionga kiritilsa, tez orada organizmda yoqimli oʻzgarishlar yuz beradi.

Qizil qalampir kukuni
Oksford Politexnika Instituti shuni aniqladiki, bu ziravor ovqatdan keyin ikki-uch soat ichida metabolizmni 15-20 foizga tezlashtiradi.

Dolchin
Dolchin tarkibidagi insulin molekulalariga ta'sir qiluvchi moddalar odamning uglevod va yogʻ almashinuvini oʻrtacha 20 foizga yaxshilaydi.

Zanjabil

Foto: Grazia
Bu ildiz me'da shirasining fermentlarini ishlab chiqarishni ragʻbatlantiradigan organik kislotalarni oʻz ichiga oladi. Bundan tashqari, uning yordami bilan metabolizm oʻrtacha 20 foizga tezlashadi.

Xantal
Atigi yarim choy qoshiq kuchli xantal metabolizmni qoʻshimcha 20-25 foizga tezlashtiradi. Gap shundaki, xantal yogʻni energiyaga aylantirish uchun mas'ul boʻlgan gormonlar ishlab chiqarilishi ragʻbatlantiradi.

Suv

Foto: Grazia
Bir stakan sovuq suvdan keyin organizmni isitish uchun yogʻ hujayralari energiyani safarbar qilishi kerak boʻladi va bu metabolizmni bir vaqtning oʻzida 30 foizga tezlashtiradi. Lekin bu ta'sirga erishish uchun suvni besh darajagacha sovitish kerak.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Metabolizmni bir necha martaga tezlashtirishga yordam beradigan mahsulotlar