16:00 / 14.03.2022
5 525

Osteoxondroz nima va u bilan qanday kurashish mumkin?

Osteoxondroz nima va u bilan qanday kurashish mumkin?
Foto: «Domashniy ochag»
O‘tirib ishlash faoliyati osteoxondroz kuchayishining sabablaridan biri bo‘lib, bu holat kattalarning 80 foiziga ta’sir qiladi. Vaziyatni yengillashtirish uchun nima qilish mumkinligini quyida ma’lum qilamiz.

50 yoshgacha bo‘lgan insonlar orasida osteoxondrozdan aziyat chekayotganlarda umurtqa pog‘onasi kasalligi kuzatiladi, unda yallig‘lanish rivojlanadi, uning ba’zi elementlari eskiradi va yo‘qoladi. Qanchalik kam harakatchan turmush tarzini olib borilsa, sportga qancha vaqt ajratilsa, osteoxondrozning rivojlanish yoki kuchayishi xavfi shunchalik yuqori bo‘ladi. Yurish va boshqa jismoniy faoliyat minimal darajaga kamaytirilsa, bel sohasi yanada zaiflashadi.

Osteoxondrozning belgilari
Osteoxondroz umurtqa pog‘onasining qaysi qismida ko‘p zararlanishiga qarab turlarga bo‘linadi: bel, bo‘yin hamda ko‘krak qafasi osteoxondrozi.

Bo‘yin umurtqasi osteoxondrozining belgilari:
- bosh aylanishi;
- bo‘yin, bosh, qo‘llarda og‘riq;
- barmoqlarda uyushish hissi;
- ko‘rish qobiliyatining pasayishi;
- quloqlarda shovqin.

Ko‘krak qafasi osteoxondrozining belgilari:
- bel og‘rig‘i;
- ko‘krak qafasida yonish yoki siqilish hissi;
- qiyin nafas olish.

Bel osteoxondrozining belgilari:
- oyoqlarda og‘riq;
- pastki bel og‘rig‘i;
- oyoqlarda yoki barmoqlar uyushishi.

Osteoxondrozning oldini olish
Osteoxondrozni davolash shifokor tomonidan belgilanadi, ko‘pincha u massaj, fizioterapiya, dori-darmonlar va ineksiyalarni o‘z ichiga oladi. Ammo kasallikning rivojlanish xavfini kamaytirish yoki uni bartaraf etish uchun quyidagi qoidalarga amal qilish kerak.

Ish joyini to‘g‘ri tashkil etish
Kreslo qulay bo‘lishi kerak, lekin juda yumshoq emas. Umurtqa pog‘onasining tabiiy egri chizig‘ini takrorlaydigan va shu bilan uni qo‘llab-quvvatlaydigan stul yoki kresloga ustunlik berish tavsiya etiladi. Agar faqat tekis orqa tomoni bo‘lgan stullar yoki kreslolar mavjud bo‘lsa, bel uchun maxsus rulonlar qo‘yish mumkin.

Kompyuter yoki noutbuk monitorining markazi ko‘zga to‘liq qarama-qarshi bo‘ladigan tarzda joylashtiriladi. Bu umurtqa pog‘onasidagi egrilik va stressdan himoya qiladi.

Ish vaqtida tanaffus qilish
Har soatda ishni to‘xtatish va kamida besh daqiqani ozgina dam olish uchun ajratish lozim: boshni egish, cho‘zish, stoldan turish, tanani egish, cho‘zish va boshqa mashqlarni bajarish.

To‘g‘ri dam olish
Chalqancha uxlashga harakat qilish, agar bunga ko‘nikish qiyin bo‘lsa, yon tomonlarga katta yostiq yoki ko‘rpachalarni qo‘yib qo‘yish – bu uyquda ag‘darilib ketishga yo‘l qo‘ymaydi. Shuningdek, ko‘rpacha o‘ta yumshoq bo‘lmasligi kerak.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Osteoxondroz nima va u bilan qanday kurashish mumkin?