Bugungi kunda varikoz — ayollar orasida eng keng tarqalgan kasalliklardan biridir. Ammo o‘z vaqtida muolaja qilish orqali uning rivojlanishini to‘xtatish mumkin. Buning uchun quyidagi maslahatlarga amal qiling.
1-xato: Doimiy o‘tirish
Foto: Adobe Stock
Harakat qilganimizda boldir mushaklari qisqaradi, tomirlarga bosim tushadi, natijada qon yurishi yaxshilanadi. Uning to‘g‘ri oqimi vena klapanlari tomonidan ta’minlanadi: qonning yurakka o‘tishiga imkon beradi, lekin uning teskari yo‘nalishda ketishiga yo‘l qo‘ymaydi.
O‘tirganda yoki turganda esa qonning teskari oqimining oldini olish uchun klapanlar yopiladi. Ushbu holatda uzoq vaqt qolish bilan qon turg‘unligi yuzaga keladi, bu tomirlarni kengayishga majbur qiladi. Doimiy ravishda bunday yuk klapanlar buzilishiga va varikoz tomirlarining rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun bu kasallik ko‘pincha ofisda ishlaydigan va odatda harakatsiz turmush tarzini olib boradiganlarda paydo bo‘ladi.
2-xato: Dam olmasdan tik oyoqda ishlash
Foto: Adobe Stock
Tik holatda uzoq vaqt turish ham varikoz tomirlarining rivojlanish xavfini oshiradi, chunki bunday vaziyatda qon tortishish kuchiga qarshi borishga majbur bo‘ladi. Ko‘pincha o‘qituvchilar, shifokorlar, sartaroshlar, vizajistlar va boshqa tik turib ishlaydiganlar mazkur tomir kasalliklariga duch kelishadi.
3-xato: Piyoda yurmaslik
Foto: Adobe Stock
Mushaklar qisqaradi va venoz qonning chiqishini faqat harakatlanayotganda rag‘batlantiradi. Agar piyoda yurish o‘rniga jamoat yoki shaxsiy transportdan foydalansak, venoz tizimning ishi yanada murakkablashadi. Ko‘p o‘tirish tromb va shish paydo bo‘lish ehtimolini oshiradi.
4-xato: Noqulay poyabzal
Foto: Adobe Stock
Poshnasi baland uchli tufli kundalik poyabzal uchun yaxshi variant emas. Baland poshna tufayli boldir mushaklari noto‘g‘ri ishlaydi: mushaklarga haddan tashqari bosim tushadi, natijada qon yaxshi aylanmaydi. Uchi tor poyabzallar old oyoq kafti va shunga mos ravishda tomirlarga ortiqcha bosim o‘tkazishi mumkin. Natijada qon aylanishi ham buziladi.
5-xato: Noto‘g‘ri ovqatlanish
Foto: Adobe Stock
Haddan ortiq tuzli, hazm bo‘lishi qiyin ovqatlarni ortiqcha iste’mol qilish qonni yanada yopishqoq qiladi va qon aylanishini buzadi. Noto‘g‘ri ovqatlanishdan kelib chiqadigan ortiqcha vazn venoz tizimiga ortiqcha bosim yuklaydi va tomirlar holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Bunday holatda nima qilish kerak?
Varikoz tomirlarini oldini olishning eng oddiy samarali usuli bu — yurish bo‘lib, harakatlanotganda oyoq mushaklari ishlaydi, bu esa venadagi qon harakatiga yordam beradi. Kuniga kamida bir soat yurish tavsiya etiladi. Tomirlar bilan bog‘liq muammolarni bartaraf qilish uchun kompressor kolgotka, chulki yoki golfi kiyish lozim — ular o‘tirib yoki tik oyoqda ishlashning salbiy ta’siriga qarshi kurashishga yordam beradi.
Kun davomida ko‘proq harakat qiling. Uydan ishlayotganlar oyoqlarini stol ustiga tashlab o‘tirishi ham mumkin.
Kundalik ishlar uchun to‘g‘ri poyabzal tanlang. Poyabzal uchi keng, tovoni 2-4 santimetrdan baland bo‘lmasligi kerak. Albatta, sport bilan ham shug‘ullanish lozim, lekin bunday vaziyatda harakatlarni oshirib yubormaslik kerak. Treningda vazningiz bilan ko‘proq ishlang.
Tomirlar uchun kardiomashqlar — yugurish, velosipedda uchish, suzish va skandinavcha yurish ham foydalidir. Qon quyuqligi normal bo‘lishi uchun har kuni ratsionni kuzatib borish va yetarli miqdorda suv ichish kerak. Agar oyoqlaringizda og‘irlik, og‘riq, charchoq yoki shishishni his qilsangiz, darhol shifokor-flebolog bilan maslahatlashing. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”