18:13 / 13.01.2025
46

Hyundai Inster Cross: benzisiz harakat qiladigan yangi krossover savdoda!

Hyundai Inster Cross: benzisiz harakat qiladigan yangi krossover savdoda!
Hyundai kompaniyasi Evropaning avtomobil bozoriga moʻljallangan yangi Inster Cross elektr krossoverini taqdim etdi. Bu ixcham model oʻzining yagona komplektatsiyasida 35 700 dollar narx bilan sotuvga chiqarildi.

Inster Cross avvalgi Hyundai Inster modelining modifikatsiyalangan talqini boʻlib, unda off-roud dizayn elementlariga urgʻu berilgan. Krossover quvvatli bamperlar, himoya qoplamalari va mat qora aksessuarlar bilan jihozlangan.

Avtomobilning texnik xususiyatlari quyidagicha:
  • 17 dyuymli disklar;
  • LED optika;
  • tomdagi reylinglar;
  • qizdiriladigan va elektr boshqaruvga ega oynalar.

Ichki interer zamonaviy texnologiyalar bilan boyitilgan. Mashinada ikkita 10,25 dyuymli displey, Apple CarPlay va Android Auto qoʻllab-quvvatlovi, shuningdek, simsiz quvvatlash funktsiyasi mavjud.

Texnik imkoniyatlar
Avtomobil 114 ot kuchiga ega elektr dvigatel bilan jihozlangan boʻlib, 49 kVt•soat sigʻimli akkumulyatorga ega. Bir quvvat bilan 360 km masofani bosib oʻtadi. Shu bilan birga, akkumulyatorni qizdirish va issiqlik nasosi funktsiyalari ham mavjud.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto