
Bir necha yil avval Chevrolet Camaro Amerika bozorini tark etgan edi, bu esa Ford Mustang’ni yagona raqobatchisiz qoldirdi. Bungacha Dodge Challenger ham savdodan chiqarilgan edi. General Motors (GM) uzoq vaqt davomida Camaro’ni qayta tiklash rejalari ustida ishladi va uni yangi formatda taqdim etish kutilgan edi. Biroq kompaniya ushbu loyihani to‘xtatishga qaror qilgan.
Bu haqda hozircha General Motors rasman bayonot bermagan bo‘lsa-da, kompaniyaga yaqin manbalarning xabar berishicha, Camaro’ni qayta tiklash iqtisodiy jihatdan foydasiz deb topilgan. Sabablari aniq oshkor qilinmagan, ammo GM rahbariyati yangi Camaro’ning savdosi past bo‘lishini taxmin qilgan va avtomobil ishlab chiqishga ketadigan mablag‘ni qoplash qiyin bo‘lishi mumkinligini hisobga olgan.
Ilgari General Motors yangi Camaro’ni arzonroq qilib chiqarish orqali uni yosh xaridorlar uchun jozibador qilishni rejalashtirgandi. Xuddi shunday strategiya C8 Corvette modelida qo‘llanilgan va muvaffaqiyatli natija bergan edi.
Hozir esa GM asosiy e’tiborini elektromobillar ishlab chiqarishga qaratmoqda va akkumulyator zavodlarini kengaytirish uchun milliardlab dollar sarmoya kiritmoqda. Shu sababli kompaniya kelajagi aniqroq bo‘lgan loyihalarga ustuvorlik bermoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar