date
views 778

Prezident yangi Damas modelini e'lon qildi

Prezident yangi Damas modelini e'lon qildi
Prezident yangilangan Damas modelini taqdim etdi, deb Nova24.uz xabar berdi.
Xorazm viloyati Tuproqqal’a tumanida joylashgan, hozirda Damas va Labo ishlab chiqarilayotgan avtomobil zavodida yangi avtomobil ishlab chiqarish rejalashtirilgani ma’lum qilindi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev viloyatni rivojlantirishga bag‘ishlangan yig‘ilishda ta’kidladi.

Loyihaga ko‘ra, umumiy 100 million dollarlik investitsiya asosida bozorda talab yuqori bo‘lgan, iqtisodiy va foydalanishga qulay avtomobil ishlab chiqarilishi ko‘zda tutilgan. Yangi Damas 7 o‘rindiqli bo‘ladi va ekologik “Euro-5” standartiga mos bo‘ladi.

Mutasaddi organlarga joriy yil oxirigacha hamkorlar bilan muzokaralarni yakunlash, 2026 yilda yirik uzelli yig‘ishni boshlash va 2027 yilda mahalliylashtirish darajasini 50 foizga yetkazgan holda to‘liq ishlab chiqarish jarayoniga o‘tish vazifasi topshirildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Prezident yangi Damas modelini e'lon qildi