
Toyota o‘zining mashhur va o‘rta toifadagi miniveni – Estima (xalqaro bozorda Previa) modelini qayta ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda, deb Daily-Motor.ru xabar berdi. Bu model avval Sienta va Alphard o‘rtasidagi o‘rtacha narxli variant bo‘lib, 2020 yilda ishlab chiqarishdan olib tashlangan edi. Yaponiya OAV ma’lumotlariga ko‘ra, yangi Estima 2027 yilda ikki xil variantda taqdim etiladi – elektr va gibrid (PHEV).
Avtomobil 4,9 metr uzunlikka va 3 metrlik g‘ildirak bazasiga ega bo‘ladi. Yangi 1.5 litrli motorga asoslangan gibrid tizim va elektr dvigatel bilan jihozlanishi kutilmoqda. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, elektr versiya 600 kmgacha yo‘l bosish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Avtomobil narxi 6–8 million iyena (taxminan 370–500 million so‘m) oralig‘ida bo‘lishi aytilmoqda.
Toyota EstimaYilGibrid TizimElektr DvigatelOʻrta Toifali MinivenYaponiya OAV O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar