date
views 6 089

Yangi Chevrolet Spark EUV 2026 rasman taqdim etildi

Yangi Chevrolet Spark EUV 2026 rasman taqdim etildi
General Motors Chevrolet Spark modelini butunlay yangilab, 2026 yil uchun Spark EUV Activ deb nomlangan elektr versiyasini taqdim etdi, deb cenyavto.com xabar berdi. Bu model faqat “Activ” komplektatsiyasida chiqariladi va dastlab Braziliya bozorida sotuvga chiqariladi. GM ushbu mashinani to‘liq elektr avtomobil sifatida noldan ishlab chiqqan va bu uni shahar haydovi uchun qulay va zamonaviy qiladi.

Dizayni avvalgi Spark’lardan keskin farq qiladi – baland klirens, “qutisimon” kuzov va yorqin ranglar bilan ajralib turadi. Ichki makon keng va boshqaruv oson. Chevrolet Spark’ni Braziliyada ekologik transportga bo‘lgan talab ortib borayotgan bir paytda taqdim etgani kompaniyaning strategik qadami sifatida baholanmoqda. Hozircha narx va texnik ma’lumotlar oshkor qilinmagan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Yangi Chevrolet Spark EUV 2026 rasman taqdim etildi