
Mercedes-Benz Group 2025 yilning birinchi choragi uchun moliyaviy hisobotini e'lon qildi, deb auto.mail.ru xabar berdi. Kompaniyaning sof foydasi 1,73 milliard yevroni tashkil etdi, bu o'tgan yilga nisbatan 43 foizga kamaygan. Daromad esa 7,4% ga tushib, 33,22 milliard yevroni tashkil etdi.
FactSet so‘roviga ko‘ra, tahlilchilar 2,03 milliard yevro foyda va 35 milliard yevro daromad kutishgan edi.
Kompaniya bozordagi yuqori o‘zgaruvchanlik, ayniqsa import bojlaridagi noaniqliklar sababli yil oxirigacha moliyaviy holatni aniq prognoz qilish imkonsizligini bildirdi.
Xarajatlarni kamaytirish doirasida Mercedes-Benz ma’muriy xodimlarga 500 ming yevro miqdorida ixtiyoriy ketish uchun kompensatsiya taklif qilmoqda. Bu dastur 2027 yilgacha 5 milliard yevro tejamkorlik qilishni maqsad qilgan.
Mercedes-BenzMoliyaviy HisobotFoyda KamayishiDaromad TushishiIxtiyoriy KetishTejamkorlik Dasturi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar